“Zevarda” konidagi yangi qurilgan siquv kompressor stansiyasida boş pudratçi “Enter Engineering” kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşib, yangi qurilayotgan siquv kompressor stansiyalaridagi mavjud muammolarni bartaraf qiliş böyiça muzokara olib bordi va sodir bölayotgan töxtalişlar oldini oliş çoralari körildi.

Şuningdek, Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli “Dengizköl” konidagi yangi qurilayotgan siquv kompressor stansiyasining 2-navbatidagi olib borilayotgan quriliş işlari bilan tanişildi.

Buxoro viloyatining Olot tumanida joylaşgan “Dengizköl” konidagi qurilayotgan 2-navbat siquv kompressor stansiyasi past bosimli gazlarni özlaştirişga möljallangan.

“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi uşbu loyiha bilan va uning imkoniyatlari va afzal jihatlari hamda kelgusida uşbu qurilma orqali amalga oşirilişi közda tutilgan rejalar bilan yaqindan tanişib çiqdi.

Uşbu loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda uglevodorod xomaşyosini qazib olişni köpaytiriş Dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini öz vaqtida va samarali amalga oşiriş maqsadida “Özbekneftgaz” AJ va Natural Gaz-Stream, Eriell Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyalari hamkorligida amalga oşirilmoqda.

“Dengizköl” konidagi 39,3 mlrd kub metr hajmdagi joriy tabiiy gaz zaxiralarini samarali qazib olişni jadallaştiriş maqsadida, “Dengizköl” siquv kompressor stansiyasining umumiy qiymati 87,8 mln dollarga teng bölgan uşbu loyihasi boş pudratçi “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan qurib bitkaziladi.

Loyihani jadal sur'atlarda amalga oşiriş uçun eng ilğor va zamonaviy dastgohlar, gaz-turbina uskunalari hamda kompressorlarni yetkazib beriş böyiça Turkiyaning “Akcelik”, AQŞning “Baker Hughes” va “General Electric” hamda Xitoyning “Denair Energy” kabi bir qator yirik kompaniyalari bilan samarali hamkorlik amalga oşirilmoqda.

Uşbu siquv kompressor stansiyasining 2-navbati 2 ta agregat orqali “Dengizköl” koni quduqlarining sanoat miqyosidagi past bosimli tabiiy gazlari bosimini kötarib “Dengizköl” siquv kompressor stansiyasiga uzatib beriş va bu orqali tabiiy gaz qazib çiqariş hajmlarini oşirişga xizmat qiladi.

“Dengizköl” kon zaxiralarini özlaştirişni jadallaştiriş maqsadida 2021 yilda qöşimça geologik-texnik tadbirlarni amalga oşiriş, ya'ni 7 ta yangi işlatiş quduqlarini burğilab işga tuşiriş va 32 ta quduqda kapital tamirlaş işlarini amalga oşiriş orqali qöşimça 102,5 mln kub metr tabiiy gaz va 0,8 ming tonna gaz kondensati mahsulotlarini qazib oliş möljallangan.

Şu bilan birgalikda Boşqaruv raisi yangi qazilayotgan “Zevarda” 324-son, qiya yönaltirilgan “Dengizköl” 324-son, töla ta'mirlanayotgan “Dengizköl” 105-son va “Şimoliy Dengizköl” 12-son quduqlariga borib, ularda olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi hamda işlarni jadallaştiriş böyiça tegişli mutaxassislarga körsatmalar berdi.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ