Qonunçilik palatasida IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi vakillari bilan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 5 oyida YHX tizimida öz kasbiga nopok munosabatda bölişga doir 978 ta holat aniqlanib, çora körilgan, 200 nafar xodim attestatsiyadan öta olmagani sabab lavozimidan ozod etilgan.
Yiğilişda aholining huquqiy bilimi oşayotgani va oçiqlik şaroitida YPX xodimlarining haydovçilar bilan muloqot qiliş madaniyatini oşiriş kerakligi ta'kidlanib, bu masalada izoh söraldi.
Savolga javob bergan IIV YHXB boşliği örinbosari Erali Bozorov YPX xodimlarining ma'lumoti oğriqli masala ekani, ularning 60 foizga yaqini örta maxsus ma'lumotli ekanini aytib ötdi.
«Bu – oğriqli joyimiz. Bu böyiça ham işlar olib borilyapti. Birinçi navbatda biz xodimlarning bilim saviyasi, ma'lumoti qay darajada, degan savolni örtaga taşladik.
Ayni vaqtda 60 foizga yaqin xodimlarimiz örta maxsus ma'lumotga ega. Oliy ma'lumotga ega emas. Oldimizga şunday maqsad qöydik: yöl-patrul xizmati xodimlarining hammasi oliy ma'lumotli bölişi kerak.
Xodimlar oliy ma'lumotli bölmas ekan, biz bu masalani töliq yeça olmaymiz. Ötgan yili boş vazir davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatida namunali xizmat qilayotgan xodimlarning sirtqi bölimga tavsiyanoma asosida kirişiga ruxsat berdi. 100 ta xodimimizni ötgan yili öqişga kirgizdik. Bundan taşqari, IIV akademiyasidan bu yil 50 nafar birinçi qaldirğoçlarimiz bitirib çiqdi.
Şular orqali birinçi navbatda xodimlarni oliy ma'lumotli qilmoqçimiz. Qolaversa, YHXBBda ilmiy-öquv markazi taşkil qildik. U yerda birinçi navbatda rahbarlarni öqitişni yölga qöydik.
Birinçi bosqiçda viloyatlardagi YHXB boşliqlari, xalq tilida «naçalnik GAI»larni öqitişdan boşladik. Çunki haqiqatan ham bilim saviyasi yetarli emas edi. Keyingi bosqiçda ularning örinbosarlarini öqitdik.
Hozirgi kunda şunday xulosaga keldikki, baribir bolalarning bilimini oşirmasak, ularni qayta tayyorlamasak bölmaydi. Şu maqsadda ularning hammasini Toşkentga yiğib emas, joyiga borib öqitişni ham yölga qöydik. Birinçi bölib Qaşqadaryo viloyatidan boşladik. YHXBB boşliğining birinçi örinbosari boşçiligida mutaxassislar bilan borib, 1 hafta davomida sayyor öqişlarni taşkil qildik.
Hozir hamma xodimlarni birdaniga öqitişga imkoniyatimiz yöq. Şuning uçun joyiga çiqib öqityapmiz. Qaşqadaryo, Qoraqalpoğistonda sayyor öqişlar ötkazdik, hozir Namanganda ham boşladik.
Bundan taşqari, ötgan yildan boşlab Içki işlar vazirligida malaka oşiriş instituti faoliyatini boşlagan. Ötgan hafta 25 kişilik bir guruhimiz kurslarni bitirib çiqdi. Örniga yangi guruh keladi. Bu ham öz natijasini beradi degan umiddaman.
Lekin bitta narsani aytib ötişim kerak, yölda xizmat qilayotgan bolalarimiz oliy ma'lumotga ega emas. Oliy ma'lumotli xodim bilan örta maxsus ma'lumotli xodim örtasida ança-munça farq bölişini, menimça, gapirmasam ham hamma tuşunib turibdi”, – dedi IIV YHXB boşliği örinbosari Erali Bozorov.










