Suhrob Şodiyorov 8 yildan beri AQŞda yaşaydi. U Amerikaga kelganidan beri asosan haydovçilik qiladi. Nyu Yorkda yaşovçi vatandoşimiz oyiga 10 ming AQŞ dollari va undan köp daromad qiladi. Ammo u Amerikaga Özbekistondagi rahbarlik lavozimi hamda tayyor karerasini taşlab kelgan. Suhbatdoşimizga köra, çiroyli hayot ortida hammaga ham körinavermaydigan qiyinçiliklar ham bisyor.

Avvalo, oila va vatandan, ota-onadan uzoqda yaşaş köp yurtdoşlarimiz singari Suhrobni ham qiynaydi. Bundan taşqari, katta şaharda taksi haydaş oson iş emas. Birinçidan, hujjatbozlik va haydovçilik guvohnomasini oliş jarayonidan ötiş lozim. Ikkinçidan, mijozlar – har xil odamlar.

Uzoq yillik haydovçi sifatida Suhrob maşinasiga biznesmenlardan tortib yuziga niqob taqib olganlar, narkotik moddalarni isteʼmol qilib olganlar ham çiqişini aytadi. Şuning uçun u bugun faqat biznes turdagi buyurtmalarni qabul qiladi.

Suhrobning qöşimça qilişiça, serdaromad iş bölişiga qaramay özbek taksistlarning eng katta muammosi – ingliz tilini heç bölmasa boşlanğiç darajada bilmasligi.

“Bizning taksistlar oddiy sözlarni ham bilmaydi. Masalan, ketayotganda mijoz savol bersa yoki nimanidir tuşuntirsa, sörasa, jim ötiriş juda ğalati. Bir davlatga kelgandan keyin uning tilini ham biroz örganib qöyaveriş kerak”, deydi haydovçi Şodiyorov.

Şuningdek, suhbatdoşimiz Amerikada mijoz madaniyatiga ham töxtaldi. Aksariyat mijozlar hurmatni joyiga qöyişi, agar ular uçun şaroitlar yaratib qöyilsa, albatta, qadrlaşini aytadi.

Masalan, Amerikada çoyçaqa madaniyati juda yaxşi şakllangan. Xizmat körsatiş nuqtalari va taksilarda mijozlar çin köngildan qöşimça pul qoldirib ketadi. Yurtdoşimiz ham buni ijobiy baholadi.

“TIP madaniyati juda ham yaxşi bu yerda. Masalan, mening özimga eng katta çoyçaqani bir odam $200 berib ketgandi. U bilan biz 100 kilometrdan oşiq yöl bosganmiz. Özbekiston haqida gapirib berganman, hamsuhbat bölganman va oxirida qöşimça 200 dollar berib ketgandi. Undan taşqari ham har kuni kamida 50-100 dollar çoyçaqa olamiz”, deydi Suhrob.

Lekin serdaromad soha va çiroyli hayotga ega bölişiga qaramay Suhrob Özbekistonga butunlay qaytiş harakatida. 8 yil dunyo moliya poytaxti – Nyu Yorkda yaşaganiga qaramay, u baribir öz yurtini tanlagan. Buning sabablari qanday? Javob topiş uçun suhbatni töliq tomoşa qiling.