Vazirlar Mahkamasi “Investitsiya va taşqi savdo sohasida boşqaruv tizimi tubdan takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat prezidentning "Investitsiya va taşqi savdo sohasida boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son farmoni hamda "Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartirişlar bilan belgilanişiça:
- vazir Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar birinçi örinbosar va olti nafar örinbosarga ega (ilgari - uç nafar birinçi örinbosar va uç nafar örinbosar);
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boşqarmalari, tumanlar (şaharlar) bölimlari va uning taşkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub taşkilotlar xodimlariga Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq yillik xizmati uçun oylik ustama haq tölanadi (lavozim maoşi koeffitsiyentlarida):
- 1 yildan 3 yilgaça - 0,3;
- 3 yildan 5 yilgaça - 0,6;
- 5 yildan 10 yilgaça - 0,8;
- 10 yildan 15 yilgaça - 1,0;
- 15 yildan 20 yilgaça - 1,2;
- 20 yildan ortiq - 1,5;
Şuningdek, Taşqi savdo vazirligi va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi negizida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi taşkil etilişi munosabati bilan quyidagi hujjatlarga tegişli özgartirişlar kiritildi:
- Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasiga kelişlari va Özbekiston Respublikasidan ketişlari tartibi;
- Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatişni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş böyiça idoralararo muvofiqlaştiriş komissiyasi töğrisidagi nizom;
- Yengib bölmaydigan kuçlar (fors-major) holatlarini tasdiqlaş tartibi töğrisidagi nizom;
- Vazirlar Mahkamasining "Muhofaza çoralari, antidemping va kompensatsiya bojlari töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida" 2005 yil 19 maydagi 129-son qarori;
- Iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş qoidalari;
- "Bir darça" tamoyili böyiça eksportga yetkazib berişlar bilan boğliq tartibotlarni amalga oşiriş mexanizmi töğrisidagi vaqtinçalik nizom;
- Vazirlar Mahkamasining "Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvçi teleradiokanallar efirini yuqori sifatli tele-radio mahsulotlari bilan töldiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida" 2016 yil 23 avgustdagi 272-son qarori;
- Rahbarlari xodimlarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş töğrisida iltimosnoma kiritişi mumkin bölgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boşqa davlat taşkilotlari röyxati.












