Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tez harakatlangan «Neksiya» ağdarilib ketgan. Uning yölovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 27 iyun kuni soat 12:30larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-63 avtomobil yölining Qiziltepa tumani hududidan ötgan 26-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.

Qiziltepa-Kogon yönalişida harakatlanib ketayotgan «Neksiya» haydovçisi tezlikni me'yordan oşirib, boşqaruvni yöqotgan. Natijada maşina ağdarilib yöl çetiga çiqib ketgan.

Mazkur yöl-transport hodisasi oqibatida «Neksiya»da yölovçi sifatida ketayotgan 20 yoşli fuqaro oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan. 

Qayd etilişiça, Qiziltepa tumani IIB tergov bölimi tomonidan mazkur hodisa yuzasidan Neksiya haydovçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.