The Wall Street Journal naşrining yozişiça, prokuratura prezident soğliqni saqlaş vazirligi mansabdor şaxslari tomonidan unga ma'lum qilingan ehtimoliy qonunbuzarliklarni e'tiborsiz qoldirgani yoki yöqligini aniqlamoqçi. Ötgan hafta soğliqni saqlaş vazirligi xodimi Luis Miranda qonunbuzarliklarga qaramay, vazirlikning Bharat Biotech hind kompaniyasi vaksinasining import qilinişini talab qilgan boşqa xodimlari bosimiga uçraganini ma'lum qilgan.

Şartnomaga köra, Braziliya Covaxin vaksinasi yetkazib berilgandan 30 kun ötib pulni tölaşi kerak bölgan. Biroq soğliqni saqlaş vazirligi hali yetkazib berilmagan vaksina uçun hisob olgan. Hisobda körsatilgan vaksina miqdori şartnoma tuzişda tomonlar kelişgandan farq qilgan. Kongressning uşbu iş böyiça tergovida iştirok etayotgan senatorlar uşbu ğalizliklar vaksinalar sotib olişdagi ehtimoliy korrupsiya holatlariga işora qilişi mumkinligini aytişgan va u böyiça tergov ötkazişga çaqirişgan.

Mirandaning ta'kidlaşiça, u 20 mart kuni prezident bilan uçraşib, unga şartnoma va vaksina uçun taqdim qilingan hisoblardagi farqlar haqida xabar qilgan. Bolsonaru uşbu işni federal politsiyaga topşirişga va'da bergan. Politsiya esa uşbu iş böyiça tergov boşlanişini 30 iyundagina e'lon qilgan.

Bolsonaru matbuot xizmati prezidentga qarşi tergov boşlanişiga izoh berişdan boş tortdi. Prezidentning özi esa avvalroq uşbu iş böyiça unga qarşi tergov boşlanişi mumkinligini uning hukumatini ağdarişga “ahmoqona” uriniş deb atagandi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Bolsonaruga nisbatan uşbu tergov unga ayblov bildirilişi bilan yakunlanişi dargumon. Braziliyada prezidentga qarşi jinoiy ayblovlar kongress quyi palatasining uçdan ikki qismi tomonidan qöllab-quvvatlangandagina bildirilişi mumkin. Biroq quyi palata hozirda prezident tarafdorlari tomonidan nazorat qilinadi.