AQŞ qöşinlari Afğonistondagi eng yirik aviabaza Bagromni obektning yangi afğon qömondonini ogohlantirmasdan, tunda tark etgan. Yangi qömondon amerikaliklar Kobuldan taxminan maşinada bir soatça uzoqlikda joylaşgan aviabazani tark etganini 2 soat ötib aniqlagan.
“Amerikaliklar Bagromni tark etgani haqida gaplar tarqaldi, soat 7:00da esa ular haqiqatan ham aviabazadan ketganini aniqladik”, deb aytgan aviabazaning yangi qömondoni Mir Asadulla Kohistoniy.
Harbiylardan birining ta'kidlaşiça, amerikaliklar aviabazani tark etgandan 20 daqiqa ötib, u yerda elektr toki öçirilgan. Bu esa bosqinçilarni öziga jalb qilgan va ular bazaga kirib, u yerni talon-toroj qilişgan.
Ta'kidlanişiça, amerikalik harbiylar bazani tark etgandan 3 kun ötib, ya'ni 5 iyulda ham afğon askarlari bazada bosqinçilar tomonidan qoldirilgan çiqindilarni tozalaşni davom ettirişgan.
2 iyulda Fox News telekanali amerikalik harbiylar Bagrom ni tark etganini ma'lum qilgandi.
Bagrom aviabazasi Kobuldan şimolda joylaşgan bölib, 1979-1989 yillardagi afğon uruşi vaqtida sobiq ittifoq qöşinlari tomonidan qöllangan. U AQŞ 2001 yilda Afğonistonga bostirib kirgandan keyin amerikalik harbiylarning asosiy bazasiga aylangandi.













