Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yuk maşinasi kanalga tuşib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 4 iyul kuni soat 10:00larda Toşkent viloyati, Böstonliq tumanida 1964 yilda tuğilgan haydovçi K.B. boşqaruvida bölgan «Kamaz-5511» rusumli yuk maşinasi kanalga tuşib ketgan.

Dastlabki suriştiruvga köra, «Kamaz-5511» ikkinçi darajali yöldan asosiy yölga çiqiş uçun yöl böşaşini kutib turgan vaqtda orqaga harakatlanib ketib Parkent kanaliga tuşib ketgan.

Mazkur yöl-transport hodisasida heç kim tan jarohati olmagan. «Kamaz-5511» maxsus texnik vositalar yordamida kanaldan çiqarib olingan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Böstonliq tuman IIB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.