Qonunda quyidagilar nazarda tutiladi: Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yönalişlari: qöriqlanadigan şaxslarning xavfsizligini ta'minlaş, qöriqlanadigan obektlarni taşqi va içki tahdidlardan himoya qiliş va boşqalar.

Şuningdek, uşbu qonun doirasida qöriqlanadigan şaxslar doirasi ham belgilangan:

  • prezident va uning oila a'zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a'zolari, prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvçi şaxs;
  • bitimlarga muvofiq çet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro taşkilotlarning rahbarlari va boşqa şaxslar.

Hujjatga köra, taşkilot huquqiy maqomiga köra qöriqlanadigan şaxslar va obektlar xavfsizligini ta'minlaydigan, şuningdek qöriqlanadigan şaxslar va obektlarning xavfsizligi masalalari böyiça jalb qilingan davlat organlari va boşqa taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boşqaruvini amalga oşiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.

Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boşçilik qiladi. Prezident davlat xavfsizlik xizmati bevosita prezidentga böysunadi va unga hisobdor. Fuqarolar va mansabdor şaxslar uçun PDXX xodimlarining qonuniy buyruqlarini bajariş majburiy hisoblanadi.

Qonunga köra, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qöriqlanadigan şaxslarning xavfsizligini ta'minlaş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiradi hamda öz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boşqa taşkilotlardan mustaqil tarzda olib boradi. 

Qonun bilan Prezident davlat xavfsizlik xizmati 41 toifadagi huquqlarga ega bölmoqda. Bular qatoriga qöriqlanadigan şaxslar bilan muloqot qiladigan şaxslarning anketa va boşqa zarur ma'lumotlarini tekşiriş, qoralovçi ma'lumot olinganda davlat organlari va boşqa taşkilot xodimlarini işdan çetlatiş haqida taqdimnoma kiritiş. Şuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarni uşlab turiş, qöriqlanayotgan şaxs turgan obektda axborot xavfsizligini ta'minlaş, zaruratga qarab hududdagi radioaloqa tölqinlarini tösib qöyiş, qöriqlanadigan şaxs harakat yönalişida piyoda va transport harakatini töxtatiş va boşqa köplab huquqlarga ega.

Bundan taşqari, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qöriqlanadigan şaxslarning şa'ni, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obrösizlantiruvçi axborotlar yuzasidan prokuratura va sud organlariga ariza kiritadi.

Taşkilot tarkibi kasbga yaroqlilik böyiça tekşiruvdan muvaffaqiyatli ötgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatni ötagan Özbekiston fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda töldiriladi. Xizmatga Qurolli Kuçlar, davlat organlari va boşqa taşkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, şuningdek ayol jinsiga mansub bölgan, harbiy-hisob mutaxassisligi böyiça tegişli kasbiy tayyorgarlikka ega bölmagan Özbekiston fuqarolari ham qabul qilinadi.

Yangi xodimlarni işga olişda davlat taşkilotlarining harbiy xizmatçilariga ustuvorlik beriladi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga öz xizmat mavqeyidan ğarazli maqsadlarda foydalaniş, xizmatga doir barça ma'lumotlarni OAV va internetga joylaş taqiqlanadi.

PDXX xodimlari va ularning oila a'zolarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 29 may kuni qabul qilingan uşbu qonunni qabul qiliş zarurati quyidagi omillar bilan asoslangan:

birinçidan, 2018 yilning yanvar oyida taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyati Özbekiston Respublikasi prezidentining yopiq qarorlari bilan tartibga solingan bölib, oçiq tarzdagi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emas;

ikkinçidan, Prezident davlat xavfsizlik xizmati maxsus vakolatli organ hisoblanib, qöriqlanuvçi şaxslarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida huquqiy, taşkiliy, qöriqlaş, rejim, tezkor-qidiruv, muhandislik-texnik va boşqa tadbirlar majmuini amalga oşiradi.

  • Bunda Prezident davlat xavfsizlik xizmati tezkor-xizmat faoliyatining alohida jihatlari jismoniy va yuridik şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga töğridan töğri ta'sir etadi;
  • Prezident davlat xavfsizlik xizmati öziga yuklatilgan vazifalarni bajariş jarayonida qöriqlanuvçi şaxslar manfaatlarini közlab, qöriqlaş tadbirlari ötkazilayotgan joylarda erkin harakatlanişni, qöriqlanuvçi şaxslarning böliş obektlari atrofida va harakatlaniş yönalişlarida turli xil obektlarning qurilişi va rekonstruksiyasini, qöriqlanuvçi şaxslarga va ular böliş obektlarida xizmat körsatişga bevosita jalb etilgan taşkilotlarning mehnat faoliyati amalga oşirilişini va boşqa harakatlarini çeklaydi;

uçinçidan, Prezident davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatçilari hamda qöriqlanuvçi şaxslarning xavfsizligini ta'minlaşga jalb etilgan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ va kuç işlatuvçi tuzilmalar xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajariş çoğida öqotar qurolni qöllaşning aniq tartibi belgilanmagan.

«Özbekiston Respublikasi prezidenti davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonun rasmiy e'lon qilingan kun, ya'ni bugundan e'tiboran kuçga kirdi.