Ever Given konteyner taşuvçi kemasi Katta aççiq köldan Misrning Port-Said şahri tomon yöl oldi, deb ma'lumot berdi www.marinetraffic.com sayti.

Avvalroq Suvayş kanali ma'muriyati va kema egasi – Yaponiyaning Shoei Kisen Kaisha Ltd kompaniyasi kelişuvga erişgandi.

Tomonlar kanaldagi harakat töxtab qolgani uçun tölanadigan kompensatsiya miqdori borasida kelişib olgan. Kanal ma'muriyati dastlab 916,5 mln dollar talab qilgan, ammo keyinroq bu miqdor 550 mln dollarga tuşirilgan.

Çorşanba kuni keçqurun kelişuv imzolaş marosimi bölib ötadi, şundan söng kema Rotterdam porti (Niderlandiya) tomon yöl oladi.

Xitoydan Niderlandiyaning Rotterdam şahriga suzgan 400 metrlik Ever Given konteyner taşuvçi kemasi 23 mart kuni Suvayşda sayozlikka ötirib qolgandi. Uni 6 kun ötibgina joyidan siljitişga va kanalni oçişga muvaffaq bölingan. Bu vaqt içida kanalga ikki tomondan kiriş joyida yuzlab kemalardan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Kanaldagi harakatni 3 apreldagina töliq tiklaşga muvaffaq bölingan.