Ğarb razvedka idoralari xavotirda
Buning öziga xos va asosli sabablari bor, albatta.
AQŞ prezidenti Jo Baydenning buyruği bilan xorijiy qöşinlarning Afğonistonni tezlik bilan tark eta boşlaşi toliblarni kuçaytirmoqda.
Sönggi kunlarda «Tolibon» köplab tumanlarni birin-ketin egallab oldi. Uning qarşisidagi ruhiy jihatdan tuşkun afğon armiyasi esa aksar hollarda taslim bölmoqda yoki qoçib ketmoqda.
Ba'zi ekspertlarning ta'kidlaşiça, xalqaro terrorizm xavfi yana qaytmoqda.
«Baydenning Afğonistondan çiqib ketiş qarori «Tolibon»ning hokimiyatni egallab olişi va «Al-Qoida» yana xalqaro miqyosda xurujlar uyuştira oladigan darajada öz tarmoğini kengaytirib olişiga sabab böladi», deydi xavfsizlik va terrorizm böyiça tahlilçi doktor Sajjan Gohel.
Terroristik taşkilotlar uçun imkoniyat
Bu umidsiz ssenariylardan biri. Ammo ikkita narsa aniq:
- birinçidan, Afğonistonni 1996 yildan 2001 yilgaça zulm bilan boşqargan «Tolibon» qaytadi. Hozirça u poytaxt Kobulni zörlik bilan egallab oliş maqsadi yöqligini aytmoqda. Ammo toliblar mamlakatning katta qismida hukmron kuçdir va ular Afğonistonni Islom amirligiga aylantiriş niyatidan voz keçişmagan;
- ikkinçidan, «Al-Qoida» va uning raqibi bölmiş IŞIDning Xuroson viloyati Ğarb qöşinlarining Afğonistondan çiqib ketişidan foydalanişga harakat qiladi.
Bu ikki terroristik taşkilot hamon Afğonistonda. Mamlakatning toğli tabiati xalqaro hamjamiyat tomonidan terroristik guruh deb hisoblangan tuzilmalar yaşirinadigan alohida izolyatsiya hududlarini yaratişga imkon beradi.
Afğoniston razvedka xizmati (NDS) AQŞ va boşqa mamlakatlarning maxsus kuçlari yordamida uşbu tahdidni hozirga qadar qisman uşlab turişga muvaffaq bölgandi.

Hujumlar va bombardimonlar töliq tugamagan bölsa-da, informatorlarning ma'lumotlari va telefonlarni tinglaş orqali köplab hujum rejalarining oldi olinayotgandi.
Afğonistonda harbiy bazasi mavjud bölgan xorijiy davlatlar sörov böyiça bir neça daqiqa içida maxsus operatsiyalarni ötkaza olişar, vertolyotdan tuşgan askarlar yarim tunda ğaflatda qolgan duşman kuçlarini qölga olardi.
Endi bunday bölmaydi.
Kuçayib borayotgan tahdid
«Tolibon»ning ta'kidlaşiça, 11 sentyabrdan boşlab barça xorijiy qöşinlar olib çiqib ketilişi kerak, aks holda, bu Dohada tuzilgan şartnomani buziş böladi. Bunga Kobuldagi aeroport va AQŞning elçixonasini qöriqlayotgan askarlar ham kiradi.
Garçi «Tolibon» mamlakatda qoldirilgan çet el askarlariga hujum qilişini e'lon qilgan bölsa-da, Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson Afğonistonda qança askar qoldiriş lozimligini armiya bilan muhokama qilmoqda.
«Ğarb Afğonistonni tark etsa, Britaniyaga hujum xavfi ortadi», deydi Britaniyaning MI6 taşqi razvedka agentligining sobiq direktori ser Aleks Yang.
Örtada ikkilik mavjud:
- agar Buyuk Britaniya töliq çiqib ketmay, bir guruh maxsus kuçlarni Afğonistonda qoldirsa, AQŞ bazalari yopilgani tufayli undan qöllab-quvvatlaş ololmaydigan uşbu bölinmalar «Tolibon»ning nişoniga aylanadi;
- toliblar talab qilganidek, barça qöşinlar olib çiqib ketilsa, bu safar biror terroristik faoliyat töğrisida ma'lumot olingan taqdirda ham, Ğarb davlatlari tezlik bilan harakat qila olmaydi.
«Tolibon» va «Al-Qoida»ning aloqasi
Xöş, «Tolibon» va «Al-Qoida» örtasidagi munosabatlar qanday?
«Tolibon»ning qandaydir tarzda hokimiyatning bir qismiga aylanib qolişi «Al-Qoida» bazalari va öquv lagerlarining qaytişini ham anglatadimi?
Ğarb razvedka idoralari rahbarlari bir neça yildan beri uşbu savolning javobidan taşvişda.
AQŞ 2001 yildagi bosqinga mana şu taşvişni yöqotiş uçun ham kirişgandi.
2008 yildagi va bu yil jamoat joyida unutib qoldirilgan maxfiy ma'lumotlardan biliş mumkinki, Buyuk Britaniya uşbu ikki taşkilotning munosabatlaridan jiddiy xavotirda.
Mintaqadagi radikal guruhlar ustida köp yillar davomida iş olib borgan Osiyo-Tinç okeani fondi vakili doktor Gohelning sözlariga köra, ikkita taşkilotni bir-biridan ajratib bölmaydi:
«Tolibon» rahbariyati bunga çin dildan harakat qilgan taqdirda ham, ularning «Al-Qoida» bilan aloqalarini töxtatiş imkonsiz. Çunki madaniy, oilaviy va siyosiy aloqalari bor».
Yomon işora
«Al-Qoida» yetakçisi Usama bin Lodin öz taşkiloti faoliyatini 1996 yilda Sudandan Afğonistonga köçirgaç, «Tolibon» unga boşpana beradi.
«Tolibon» hukumatini tan olgan uç davlatdan biri bölgan Saudiya Arabistoni razvedka agentligi rahbari şahzoda Turki al-Faysalni Afğonistonga yuborib, toliblarni bin Lodinni ekstraditsiya qilişga köndirişga urinadi.
«Tolibon» buni rad etadi va 11 sentyabr hujumlari Afğonistondagi «Al-Qoida» bazasidan rejalaştiriladi.

Buyuk Britaniya ştabi boşliği general Ser Nik Karterning fikriça, «Tolibon» rahbariyati özining avvalgi xatolaridan saboq çiqargan bölişi mumkin.
Karterga köra, agar toliblar qandaydir tarzda hokimiyatning bir qismiga aylansa yoki uni butunlay qölga kiritsa, bu safar ular xalqaro hamjamiyatdan çetda qolişni istaşmaydi.
Asosiy muammo şundaki, ular bunga erişiş uçun köp imkoniyatlarga ega emaslar.
«Tolibon»ning mohir rahbarlari, ayniqsa, tinçlik muzokaralari paytida Dohadagi konditsionerli savdo markazlarida yaxşi hayot zavqini tuygan boşqaruvçilari xalqaro miqyosda tan oliniş uçun «Al-Qoida» bilan barça aloqalarni uzişga intilişlari mumkin.
Ammo Afğoniston singari ulkan va davlat boşqaruvi imkoniyatlari nihoyatda çeklangan bir mamlakatda kelgusidagi «Tolibon» hukumati «Al-Qoida»ning oldini olişga urinsa-da, taşkilotning çekka qişloqlar va ovloq vodiylardagi hujralarini aniqlay olmasligi mumkin.
Xulosa şuki, «Al-Qoida» ham, IŞID ham rivojlaniş uçun xaotik va beqaror muhitga ehtiyoj tuyadi. Afğonistondan kelayotgan sönggi xabarlar esa uşbu ehtiyojning qondiriliş arafasida ekaniga işora qilmoqda.













