Qirğiziston parlamenti deputatlari qirğiz-turk litseylari tarmoği “Sapat” rahbari Örxan Inandaning turk maxsus xizmatlari tomonidan öğirlanişi sababli mamlakat çegara xizmati raisi Ularbek Şarşeyevning iste'fosini talab qilişdi. 

Asli turkiyalik bölgan Örxan Inanda Qirğizistonda oxirgi 25 yil davomida faoliyat yuritib kelgan. U 31 may kuni Bişkekda izsiz yöqolgan. Uning rafiqasi mamlakat prezidenti Sadir Japarovga turmuş örtoğini topişda yordam sörab murojaat qilgan.

Ma'lumotlarga köra, Inandani topiş uçun katta kuç taşlangan. Jumladan, 10 mingdan köproq obekt tekşirib çiqilgan.

Bu orada 5 iyulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Inanda maxsus operatsiya natijasida uşlanib, Turkiyaga olib kelinganini ma'lum qilgan. Erdöğanning ta'kidlaşiça, Inanda Turkiyada terrorçi taşkilot deb tan olingan FETO rahbarlaridan biri bölgan.

6 iyulda Qirğiziston prezidenti hukumat Turkiyadan Inandaning qaytarilişini talab qilişini aytgan.

Uşbu hodisa yuzasidan qirğiz deputatlarida xorijiy razvedka agentlari qanday qilib Qirğiziston hududiga kirgani va heç qanday qarşiliksiz mamlakat fuqarosini olib çiqib keta olgani borasida savol tuğilgan.

“Nima uçun bu yerda ötiribsiz? Nima uçun iste'foga ketmayapsiz? Xorijiy maxsus xizmatlar qanday qilib mamlakatga kirib, bir odamni olib çiqib ketdi? Bu davlatga xiyonat bilan barobar. Siz bu uçun javob berişingiz lozim!” deb yuzlangan Şarşeyevga deputatlardan biri Janar Akayev.

Yana bir deputat Abduvahob Nurbayev Davlat milliy xavfsizlik qömitasi vakillariga yuzlanib, ular öz işlarini uddalay olişmaganini aytgan.

Qirğiziston uşbu hodisa yuzasidan Turkiya elçisi Ahmet Sodiq Doganga norozilik notasi bildirib, Anqaraning bu xatti-harakatlari nomaqbulligini, çunki xalqaro huquq me'yorlarini qöpol buzişini aytgan.

Öz navbatida, Qirğiziston taşqi işlar vazirligi Inandani respublikaga qaytariş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişga va'da bergan.