Koronavirus infeksiyasi sababli Yaponiya hukumati Tokioda 12 iyuldan 22 avgustgaça favqulodda vaziyat rejimini joriy etadi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyotni tiklaş vaziri Yasutosi Nisimura ma'lum qildi.
«Tokioda kasallik yuqtiriş holatlari saqlanib qolmoqda, şu bilan birga, «delta» ştammi tarqalmoqda. Infeksiya tarqalişini töxtatiş va soğliqni saqlaş tizimini himoya qiliş uçun 12 iyuldan 22 avgustgaça favqulodda vaziyat rejimini joriy etamiz», dedi u.
Nisimura şuningdek, Okinava prefekturasida ham uşbu rejim joriy etilişini aytdi. Bundan taşqari, Tiba, Saytama va Kanagava prefekturalari, Osakada kuçaytirilgan çoralar 22 avgustgaça davom etadi.
Tokioda 20 iyungaça favqulodda vaziyat rejimi amal qilgan, söngra 11 iyulgaça kuçaytirilgan çoralar rejimi kiritilgandi.
Yaponiya soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotlariga köra, 7 iyul kuni Tokioda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 920ta holat qayd etilgan. Tokioda oxirgi marta sutka davomida 900dan ortiq holat 13 mayda aniqlangandi.
Eslatib ötamiz, Tokioda 23 iyuldan 8 avgustgaça yozgi Olimpiada öyinlari bölib ötadi.












