Xitoyning Yunnan provinsiyasi ma'muriyati Myanma bilan çegaradoş Juyli şahrida koronavirus tarqalişi avj olgani sababli şaharga kiriş-çiqiş yöllarini yopdi.

Şahar meri Şan Labyan Juyliga barça 8ta kiriş-çiqiş punkti yopilganini, uyda yakkalaniş rejimi kiritilganini e'lon qilgan. Uning aytişiça, şaharda virusning mutatsiyaga uçragan turi jadal sur'atlar bilan tarqalmoqda.

Labyan butun mamlakat xavfsizligini ta'minlaş uçun Juylida virusning oldini oliş böyiça qat'iy va ilmiy asoslangan dastur qabul qilinganini ta'kidlab ötgan.

Şaharda koronavirus tarqalişi sababli avvalroq qat'iy karantin çeklovlari qabul qilingan. Jumladan, 7 iyul soat 00:00dan şifoxona, dorixona va oziq-ovqat dökonlaridan taşqari barça korxona va taşkilotlar yopilgan.

Şahardan öta zarur holatlarda çiqiş uçun buning sababini asoslab beriş va virusga manfiy test taqdim qiliş lozim böladi.

Ta'kidlanişiça, şaharda virus tarqalişining yangi tölqinida kasallanganlarning aksariyatini myanmaliklar taşkil qilmoqda. Gap şundaki, Juylida ikki davlat örtasida faol savdo-sotiq olib boriladi. Şu sababli hukumat çegaradagi nazoratni ham kuçaytirişga qaror qilgan. 

Ma'lumotlarga köra, şaharda 7 iyulda 15ta kasallaniş holati qayd qilingan. Vaholanki, undan oldingi 2 kun kasallaniş holatlari 6taginani taşkil etgan.