Xalq demokratik partiyasi radarlar, jarimalar adolatliligi mavzusini kötargani haqida har xil fikrlar bildirilyapti. Örganişlarimiz kimlargadir ma'qul tuşmagani haqida gaplar ham quloqqa çalinyapti. Asosiysi qonun ustuvor bölsin, heç kim yemagan somsasi uçun pul tölamasin.

Radarlar va ularning yaşirinça örnatilişidan aziyat çekayotgan hamryurtlarimizning haq-huquqini talab qiliş biz deputatlarning vazifamiz, deb bilamiz. Muhim mavzuni bir kötarib, keyin öz holiga taşlab qöyiş niyatimiz yöq. Biz bu masalada qat'iy turamiz, qonunçilik va me'yoriy hujjatlarni zamonga moslaştiriş taklifi bilan çiqamiz.

Qonunçilik palatasida uyuştirilgan davra suhbatlari, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlarga qoldirilgan izohlarda jamoatçilikning masalaga munosabati aniq körinyapti. Izoh qoldiruvçilarning aksariyat qismi jarimalar pandemiya davrida iqtisodiy qiyinçiliklarga uçragan insonlarga oğirlik qilayotganini ma'lum qilişgan.

Saylovçilar bilan uçraşuvlarga borib-keliş jarayonida şaxsan özimiz ham şaharlararo yöllarda maxsus belgilarsiz joylarga örnatilgan radarlar va heç qanday epikirovkasiz “pismayib” turgan avtomobillardagi radarlarga köp guvoh bölyapmiz.

Suriştirdik, örgandik, şubhali avtomobilga örnatilgan radarlarda haydovçilarning tezligini nazorat qiliş faqatgina Özbekistonda yölga qöyilgan ekan. Boşqa davlatlarda tezlikni kuzatiş va qayd etib boriş maxsus texnika va kameralarga “işonib “ topşirilgan vaqtda Özbekistonda bu iş bilan yöl çetiga avtomobilini qöyib olib, şubhali radar vositasini avtomobiliga örnatib olgan ayrim şaxslar şuğullanişini qonunga xilof, deb bilamiz.

XDPning radarlar böyiça örganişlari zoye ketmadi şekilli, IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi Özbekiston yöllarida YHQ buzilişini avtomatik qayd etuvçi moslamalar haqida ma'lumot beribdi. Ammo ayrim viloyatlardagi radarlar, ayrimlaridagi kameralar haqidagi ma'lumotlar oçiqlanmadi.

YHXBB ma'lumotida ayrim viloyatlarda faqat statsionar fotoradarlar haqida ma'lumot berilgan bölsa, ayrim viloyatlar böyiça faqat kameralar soni keltirilgan.

Jumladan, Jizzaxda 15 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 11 ta statsionar fotoradar mavjud ekani aytilgan, biroq uşbu viloyatlardagi kameralar haqidagi ma'lumot yöq.

Xorazm, Andijon va Namangan viloyatlari böyiça esa faqat kamera haqida ma'lumotlar mavjud. Jumladan, Xorazmda 16 ta, Andijonda 82 ta, Namanganda 38 ta kamera mavjud ekan.

Aytiş joiz, içki işlar ma'lumotida jami 127 ta statsionar fotoradar oçiqlangan. Biroq respublikadagi jami fotoradarlar soni bundan ança köproq ekaniga heç kim şubha qilmasa kerak. Qiziği, bundan bir neça kun avval YHXBB boşliği örinbosari Erali Bozorov parlamentdagi yiğilişda bugungi kunda tizimda 271 ta fotoradar moslamasi borligi, ularning hammasi onlayn tarzda markazga boğlanganini ma'lum qilgandi.

Partiyamiz deputatlari YPX xodimlari Içki işlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ekipirovka qilinmagan yengil avtomobillardan foydalangan holda yaşirin usulda xizmat olib borayotgan holatlarni noqonuniy, deb hisoblaydi.

Har qanday huquqbuzarlik adolatli va şaffof tizim orqali aniqlanişi zarur. Içki işlar vazirligi bu masalaga jiddiy e'tibor berişi zarur, deb hisoblaymiz. Har holda, IPX xodimlarining maqsadi haydovçilarni qaqşatib, ularning “hamyoniga hamla qiliş” emas, balki yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşga erişişdan iborat bölsa kerak.

Şerbek Böronov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzXDP fraksiyasi a'zosi