Almati şahri boş sanitar vraçi Jandarbek Bekşin şaharda Qurbon hayiti qanday tarzda nişonlanişi haqida ma'lumot berdi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Bekşinning sözlariga köra, Qurbon hayiti bu yil ham ötgan yildagi kabi onlayn şaklda ötkaziladi.
«Ötgan yili Qurbon hayitini ilk marta onlayn rejimda ötkazdik. Ötgan yilgi tajriba sadaqa va qurbonlikni onlayn ötkaziş mumkinligini körsatdi. Qurban-2021 sayti orqali sadaqa qilinadi hamda qurbonliklar uçun mablağlar ötkaziladi. Qurbonlikka atalgan jonivorlar Almati oblastining Qarasay rayonidagi maxsus maydonda söyiladi», — dedi Bekşin.
Uning aytişiça, barça tadbirlar yuqori darajada ötkazilişi uçun din işlari boşqarmasi va muftiy bilan qöşimça uçraşuv ötkaziladi.
Bu yilgi Qurbon hayiti 20 iyulga töğri keladi.
Avvalroq Rossiya musulmonlari diniy boşqarmasi ulamolar kengaşi pandemiya sababli Moskvada Qurbon hayiti namozi onlayn öqilişi töğrisida qaror çiqargandi.
Özbekistonda 2021 yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan budjet taşkilotlarida işlovçilar ketma-ket uç kun dam olişadi.
Prezident farmoniga asosan, 20–22 iyul (seşanba–payşanba) kunlari – iş haftasining turidan qat'i nazar, barça xodimlar uçun dam oliş kunlari hisoblanadi.












