Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

«Siz, azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlar, butun xalqimizni bugungi uluğ ayyom – muborak Qurbon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman», deyiladi tabrik sözi boşida.

Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, tinçlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami – Iyd al-Adha muqaddas dinimiz mohiyatida mujassam bölgan ezgu ğoya va amallarni yaqqol ifoda etgan holda, hozirgi kunda mamlakatimizda insonparvarlik ruhida olib borilayotgan keng kölamli islohotlarimizning ma’no-mazmuniga uyğun va hamohang ekani bilan barça uçun yanada aziz va qadrli bölib bormoqda.

Şavkat Mirziyoyev sönggi yillarda Özbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy qadriyatlarini, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosini, islom dinining asl mohiyatini örganiş va tarğib etiş borasidagi işlar yangi bosqiçga kötarilayotganini aytdi.

«Buni yaqinda xalqimiz va yurtimiz mehmonlari uçun öz eşiklarini oçgan azim poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Marğilon şahridagi Burhoniddin Marğinoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi kabi Yangi Özbekiston möjizalari bölgan noyob obidalar misolida yaqqol köriş mumkin. Heç şubhasiz, bularning barçasi Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi muhim tarixiy qadamlar bölib, ular bizni yanada katta safarbarlik bilan harakat qilişga da’vat etadi», dedi prezident.

Şu bilan birga, davlat rahbari barça hojilarni Qurbon hayiti bilan qutlab, ibodatlari qabul bölişini Alloh taolodan sörab qolişini ta’kidladi.

«Muqaddas ziyoratdan qaytib keladigan bu hurmatli yurtdoşlarimiz ezgulik va ma’rifat tarğibotçilari sifatida oila va mahallalarimizda, butun jamiyatimizda olib boriladigan ma’naviy-tarbiyaviy işlarda faol iştirok etadilar, deb umid qilamiz», dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev dunyoning turli mamlakatlaridagi musulmon döstlar va hamkorlarga ham qizğin qutlovni yöllab, ularga tinçlik, ravnaq va farovonlik tilaşini aytdi.

«Aziz vatandoşlar! Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir neça kundan iborat dam oliş kunlari belgilandi. Bayram kunlarida ham elimiz xizmatida, Vatan sarhadlarida öz vazifasini mas’uliyat bilan ado etayotgan yurtdoşlarimizga alohida minnatdorlik bildiramiz. Çet ellarda tahsil olayotgan va işlayotgan vatandoşlarimizni ham samimiy tabriklab, ularning barçasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. El-yurtimizni şunday qutluğ ayyomga tinçlik-omonlikda va hamjihatlikda yetkazgani uçun Alloh taologa hamdu sanolar bölsin! Ilohim, Yaratgan parvardigor el-yurtimizni öz panohida asrasin! Qurbon hayiti barçamizga muborak bölsin!», deyiladi tabrik sözi yakunida.