Kun.uz'ning UzbekLife loyihasi xorijdagi vatandoş şifokorlar bilan turkum suhbatlarini davom ettiradi. Navbatdagi qahramonimiz – Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahridagi klinikada oilaviy şifokor sifatida faoliyat yuritayotgan Bobomurod Keldiyorov.

“BAAda yaşaş qimmat, lekin agar yaxşi mutaxassis bölsangiz, bu muammo tuğdirmaydi”

— BAA şifoxonalardagi yuqori standartlar böyiça nafaqat Yaqin Şarq, balki butun dunyoda eng oldi örinlarda turadi. Qolaversa, islomiy muhit va kasbiy karerani rivojlantirişning ulkan imkoniyatlariga egaligi mamlakatga migrantlar oqimini oşirgan. Men ham ulkan orzular oğuşida 2016 yilda bir hamkasbim bilan BAAga kelişga qaror qilgandim. Öşandan beri şu yerdaman.

Turmuş tarzi haqida gapiradigan bölsam, bu mamlakat yaşaş va işlaş uçun qulay. Bu yerda dunyo erişgan barça yutuqlar mujassam desam xato bölmaydi. Şu bilan birga, islom madaniyati ham borki, heç bir jihat bir-birining rivojiga salbiy ta'sir etmaydi. Bir söz bilan aytganda, Şarq-u Ğarb uyğunlaşgan.

Bu yerda istalgan sohada kuçli, lekin soğlom raqobatga duç kelasiz. Işlaş uçun şaroitlar ança yaxşi. Töğri, BAA – yaşaş eng qimmat mamlakatlar qatorida turadi. Yakka yoki oila bilan yaşaş katta sarf-xarajatlarni talab qiladi. Nafaqat yaşaş, balki bolalarni öqitiş, ta'lim sohasida dunyoda qimmatligi bilan maşhur. Şunday bölsa-da, agar siz sohangizning yetuk mutaxassisi bölsangiz, yaxşi maoş va yaxşi şaroitda hayot keçira olasiz.

“Şifokorlik litsenziyasini oliş ança qiyin”

— Har bir sohada bölgani kabi, tibbiyot sohasida ham sizdan katta mas'uliyat va tajriba talab qilinadi. Köplab hamkasblarimiz Dubayda qanday işlaş mumkin, deb sörab qolişadi. Ularga aytadigan birinçi javobim – ingliz tilini puxta biliş.

Tibbiyot xodimlari bu yerda faoliyat yuritiş uçun BAA Soğliqni saqlaş vazirligidan litsenziya oliş kerak. Rosti, öta qiyin iş. Çunki soha böyiça ingliz tilida imtihon topşiriş lozim. Bu esa oson emas.

Boşqa mamlakatlar, xususan MDH mamlakatlariga soliştirsak, bu yerda iş topiş birmunça qiyin. Istalgan sohada yuqori, maksimum – AQŞ, Kanada yoki Yevropada qanday standartlar bölsa, öşanday standartlarga javob beradigan mutaxassisgina qabul qilinadi. Bizdagi bakalavr diplomining özi kifoya qilmaydi. Bu yerda diplomdan keyingi talab bu – tajriba, ayniqsa, xalqaro tajribaga juda katta e'tibor qaratişadi.

Masalan, tibbiyotning tor sohalarida (xirurg, terapevt, travmatolog va h.k.) Britaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda işlagan mutaxassislar faoliyat yuritişadi.

Dubay soğliqni saqlaş tizimida vraçlar uç kategoriyaga bölinadi:

1. Umumiy amaliyot şifokorlari;
2. Tor sohadagi mutaxassislar;
3. Konsultantlar.

Bular faqat yuqori reytingga ega mamlakatda işlagan va öqigan bölişiga e'tibor qaratiladi. Kamida Britaniya SSV tan olgan diplom va AQŞ, Kanada va Yevropa diplomlariga ega bölganlar işlaşadi. Aynan mening ham şu yerda işlaşimga asosiy sabab – Angliyadan olgan magistr diplomim bölgan.

Bu yerda aksar vraçlar – migrantlar. Umuman, Dubay asosan migrantlar mamlakati ekanini bilsangiz kerak. Şaharning tub aholisi 13-15 foiznigina taşkil etadi xolos.

“Klinikalar darajasi va mavqeyini nufuzli akkreditatsiyalar tasdiqlaydi”

— Bu mamlakatga kelişni maqsad qilar ekanman, albatta, birinçi örinda xalqaro tajribaga ega bölişim lozim edi, çunki sönggi yillarda tibbiyot sohasida yangiliklar juda köp, bularni özlaştiriş va farzandlarim uçun ham ularni xalqaro standartlardagi maktablarda öqitişni niyat qilgandim.

Tibbiyot sohasida BAA qisqa vaqt içida juda katta yutuqlarga erişdi. Bu yerda yuqori nufuzga va tajribaga ega şifoxonalar oçildi, faoliyat yurityapti. Men işlaydigan Kanadian Special Hospital xalqaro sertifikatga ega. Joint Commision International (JCI) akkreditatsiyasiga ega klinikalar qatorida joylaşgan.

Bu akkreditatsiya nima? Bu – AQŞda joylaşgan markazning akkreditatsiyasi. Bu dunyodagi eng yuqori standartlarga ega markaz hisoblanadi. Bu akkreditatsiyani oliş har bir klinika uçun öta maşaqqat bölib, uni özlari uçun obro‘ sanaşadi. Buni oliş uçun AQŞdagi mutaxassislar klinikani tekşiruvdan ötkazadi. Har 3 yilda tekşirib turişadi. Ya'ni siz doimo yuqori standartga javob berişingiz, işingizda pasayiş bölmasligi lozim.

Bu akkreditatsiyani oliş uçun mingdan ziyod elementlar tekşiriladi. Faqat vraçning malakasinigina tekşirişmaydi, balki boş-oyoq, tirnoqqaça tekşiriladi. Vraçlar, hamşiralar, administratsiya, şaroit, dorilar, qöllanmalar, operatsiyalar va hokazo.

Hozirgi kunda Hindistonda tibbiyot va tibbiyot turizmining rivojlanişiga sabab – JCI nufuzli akkreditatsiyaga ega hospitallarning köpayişi. Tasavvur qiling, aynan şunday markazlar BAAda 200 dan ziyod. Klinikalar, diagnostik markazlar va hokazo.

Özbekistonda, bilişimça, birgina şifoxona şu akkreditatsiyani qölga kiritgan. Bunday şifoxonalar katta obröga ega böladi. Mijoz va bemor tanlov vaqtida aynan şu jihatga etibor qaratadi. Bemorlar öz soğligi va hayotini aynan şu kabi klinikalarga işonadi.

Bizga dunyoning turli nuqtalaridan bemorlar kelişadi. Yevropalik yetakçi vraçlar aynan şunday akkreditatsiyasi bor klinikalarda işlaşga qiziqişadi.

“Qandli diabet – BAAda ança dolzarb muammo”

— BAA – katta iqtisodiy resurslarga ega, geografik qulay joyda joylaşgan mamlakat. Bu yerga istalgan yangiliklar kelişi juda ham tez, ularni hayotga tatbiq qiliş esa juda oson va şunday tizimlaştirilgan. Şuningdek, tinimsiz konferensiya, seminar, tajriba almaşişlar ötkazib turiladi. Bunda har bir sohaning yetuk mutaxassislari tajribalari bilan örtoqlaşişadi, ayniqsa, soğliqni saqlaş sohasida tom ma'noda juda katta quvvatlovni sezib turasiz.

Şu bilan birga, bir qança muammolar ham yuzaga çiqqan, masalan, aholining boyişi va ğarbning ta'siri, ğarb taomlari kirib kelişi oqibatida semizlik va qand kasalligi avjiga çiqdi. Hozirda aholining qariyb 20 foizi qand kasalligiga çalingan. SSV buni öz vaqtida bartaraf etiş va kamaytiriş uçun işlar olib bormoqda. Qandli diabetni davolaş borasida mutaxassislar tayyorlaş boşlandi. Men ham şu yönalişda öqiyapman. Dunyoning yetuk önligiga kiradigan Varvik universiteti yordamida 1 yillik öqiş taşkil qilingan.

“Bemorni xususiy tartibda uyda davolaş – noqonuniy, litsenziyadan mahrum qilişlari mumkin”

— Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda yomon asoratlarga olib keldi, şu jumladan, Dubayda ham. Kasallik kirib kelgan qiş-bahor mavsumlari turizmning çöqqiga çiqqan vaqtlari edi. Bu mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ta'sir qildi.

Yuqorida aytganimdek, BAAda tibbiyot juda qimmat. Turistlarda tibbiy suğurta bölmasa, yanada qimmat. Pandemiya vaqtida köp turistlar qiyin ahvolda qolişdi.

Dubayda Özbekiston konsulligi vatandoşlarimizga katta yordam berdi. Köplab özbekistonliklar qiyin ahvolda edi. Bu yerda oddiyroq kasal bölsangiz ham, oddiygina dorini ham retsepsiz ololmaysiz. Karantin davrida surunkali kasalliklari bor bemorlar dorisiz, pulsiz, vraç körigisiz qolişdi. Konsullik tomonidan öz vaqtida kovid ştabi taşkil qilindi. Men ham imkon qadar vatandoşlarga yordam berdim.

Özbekistonda hamşiralarni çaqirib, uyda ukol olişingiz mumkin, dori olişingiz oson. Lekin bunday protseduralar BAAda noqonuniy hisoblanadi. Kasal bölsangiz, şifoxonaga borib muolaja olişingiz şart. Bizga ham, tabiiyki, bemorlarning uyiga borib ularni davolaş mumkin emas. Qonunni çetlab ötib, kimnidir davolaydigan bölsam, tezda litsenziyamdan ayrilaman.

Misol uçun, Farğonadan kelgan yurtdoşimiz bel çurrasi oğriği bilan imkonsiz qolib ketdi, şunda biz imkon qadar unga yordam berdik. Tibbiy konsultatsiyalar, muolajalar qilişimizga töğri keldi baribir.

“Şifokorlarga 10 yillik viza beriladi”

— BAAda rezident viza oliş uçun işingiz bölişi lozim. Iş joyingiz bilan berilgan şartnoma asosida sizga viza beriladi va u viza 2 yil muddatga amal qiladi. Şifokorlarga esa alohida qonun çiqarilgan: yaqindan boşlab sohamiz vakillariga 10 yillik golden viza beriladigan böldi. Bu viza juda yaxşi qaror, barça şifokorlar juda xursand böldi. Endi 10 yil davomida şifokor oilasi viza borasida muammosiz yaşay oladi.

Kovid davrida vraçlarning örni nihoyatda sezildi va hukumat ularga minnatdorlik sifatida şu işga qöl urdi.

“Hamşiraga qöl kötargan bemor 6 yilga qamaldi”

— Şu örinda bir gap. Özbekistonda vraçlarni tahqirlaş, kamsitiş, hatto jismoniy tazyiqlar ötkaziş uçrab turadi. BAAda bu masalaga juda jiddiy qaraşadi. Ötgan hafta bir voqea sodir böldi va butun amirliklarga şov-şuv bölib ketdi. Bir bemor aççiq ustida hamşiraga şapaloq urib yuborgan. Işonasizmi, öşa odam 6 yilga qamaldi.

Afsuski, Özbekistonda hamkasblarimizga nisbatan bölayotgan muomala va munosabatdan xafa bölib ketaman. Istardimki, şifokorlarga munosabat özgarsa. BAA bu soha vakillarini juda qadrlaydi: nafaqat sözda, balki qonunda ham buni aks ettirib qöygan.

Xorijliklarga munosabat

— Mamlakatda rezident va norezidentlar orasida unça farq sezilmaydi, siz özingizni kamsitilgandek his qilmaysiz. Çunki 200 dan ziyod millat yaşaydi va işlaydi. Qonunni barça hurmat qiladi, amal qiladi. Hamma bir-biriga yaxşi munosabatda böladi.

BAA bu masalada juda qattiq nazorat örnatgan. Tolerantlik juda yuqori darajada. Çunki bu yerning iqtisodiyoti va mamlakatning boşqa jihatlari böyiça rivoji aynan çetdan kelganlar hisobiga ösib boradi. Ayniqsa, mutaxassislar bu yerda juda e'zozda.

Şifokorlar oilasi

— Oilam bilan birga yaşaymiz. Ayolim – umumiy amaliyot şifokori. 3 nafar farzandim bor, katta öğlim 19 yoşda. Tibbiyot institutida öqiyapti. 2-kurs. Ikki qizim şu yerdagi maktablarda öqişyapti.

Kelajagim borasida biror aniq narsa deyolmayman, hammasini vaqt körsatadi. Kun kelib vatanga qaytib, şu sohada işlaş niyatim ham bor.

Bobur Akmalov suhbatlaşdi.

***

Uşbu rukndagi boşqa suhbatlar: