Turkum suhbatlarimizning navbatdagi mehmoni – samarqandlik jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Öktam Abdullayev. U 2016 yildan buyon Maldiv orollarida şifokor sifatida faoliyat yuritmoqda.

– Assalomu alaykum, Öktam. Suhbatimizni muştariylarimizga sizni yaqinroq taniştirişdan boşlasak.

– Vaaleykum assalom, aziz yurtdoşlar! Sizlardan qariyb 5 ming km uzoqlikda bölsam-da, Kun.uz saytini muntazam kuzatib boraman va Özbekiston nafasini his qilib turaman. Xorijdagi hamkasblarimiz haqidagi maqolalarni ham diqqat bilan öqidim. Meni ham taklif qilganlaringiz uçun katta rahmat.

Kamina 2002 yilda Samarqand davlat meditsina institutining davolaş fakultetini, 2005 yilda esa jarrohlik böyiça magistraturani tugatganman. 2011 yilda Toşkentda, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, professor Asqar Asrorov boşçiligida soham böyiça tibbiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganman. Kafedrada dotsent va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida mas'ul jarroh sifatida işlab kelganman. Oliy toifali jarrohman, endoxirurgiya buyiça mutaxassisligim bor.

– Darhol asosiy mavzuga ötarkanmiz. Malakali mutaxassis bölganingiz holda, nega xorijga yöl olgansiz?

– Bu uzoq joylarga meni iqtisodiy omillar emas, asosan qiziqiş, boşqa mamlakatlarni köriş iştiyoqi yetaklab kelgan. Daromadim Özbekistonda ham yaxşi bölgan va qaytib borsam yana köngildagidek bölişiga işonaman. Gap şundaki, köpçilik qatori men ham xorijiy klinikalarga öz hujjatimni jönatgan edim. Maqsadim xorijiy davlatlar tajribasini örganiş, iş jarayonini kuzatiş, ingliz tilini mukammal özlaştiriş bölgan. Lekin oradan bir yarim yildan ortiq vaqt ötdi hamki, heç qayerdan javob kelmadi. Buni unutib bölgan paytimda Maldiv orollaridan taklif kelib qoldi.

Töğrisini aytsam, bu davlat töğrisida yaxlit tasavvurga ega emasdim. Internetni titkilab qarasam, juda xuşmanzara joylar ekan.

2016 yilda oilam bilan birga jönadik. Maldiv Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan şartnoma tuzdim va Doctor Abdul Samad Memorial Hospital şifoxonasida işlab kelayapman. Bu şifoxona viloyatlararo hududiy gospital hisoblanadi va ança yirik şifo maskanidir.

– Özbekiston tibbiyoti bilan tafovutlar, öxşaş jihatlar haqida sözlab bersangiz.