AQŞdagi özbekistonlik jarroh: «Ikki davlat tibbiyotini mutlaqo taqqoslab bölmaydi»
|19:53 / 09.08.2020115 58511 min
Özbekistonlik şifokorlar dunyoning turli nuqtalarida faoliyat yuritadilar. Kimdir malaka oşiriş ilinjida, kimdir xorijni kaşf qiliş uçun, yana kimdir öz yurtida qadr topmaganidan öksib, olisga yöl olgani endi heç kimga sir emas.
Kun.uz xorijdagi özbekistonlik şifokorlar bilan turkum suhbatlarini davom ettiradi. Bu safargi suhbatdoşimiz – AQŞning Nyu-York ştatida yaşayotgan jarroh Laziz Mardonov. Unga ham an'anaviy savollar bilan murojaat qildik.
– Assalomu alaykum, Özbekiston! Kamina Laziz Mardonov, 43 yoşdaman. Samarqand davlat tibbiyot institutini 2002 yilda tugatganman. Jarrohman. Özbekistonda akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgik markazida işlaganman.
AQŞga ilk bor 2015 yilda qisqa muddatli dastur böyiça kelgandim. Oilam ham özim bilan birga edi va ularga bu davlat juda yoqib qoldi, maktablardagi ta'lim köproq manzur böldi. Oila a'zolarimni qoldirib, 3 oydan söng Özbekistonga qaytdim. Oilamdan uzoqda böliş ança oğir bölgandi öşa payt.
2018 yilga qadar ikkita davlatda işladim, ma'lum muddat AQŞda, ma'lum muddat Özbekistonda. 2018 yilda oilam bilan töliq AQŞda yaşay boşladik. Dastlab Nyu-York şahrida yaşadim. Ayni paytda Nyu-York ştatining Sirakyus şahridaman.
– Özbekistonda ham malakali mutaxassislardan biri bölgansiz. Hatto jigar köçirib ötkaziş böyiça dastlabki operatsiya jarrohlari safida ham bor edingiz. Nega xorijga yöl oldingiz?
– Özbekiston vatanimiz, baribir qaytadigan joyimiz, albatta. Lekin hozirça tibbiyotimiz tizimi rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada ortda qoladi.
Çindan ham poytaxtdagi yetakçi klinikada işlardim, özimga yaraşa obröyim bor edi. Ammo özim yanada ösişni, eng zamonaviy tizimlarda işlaşni, yangiliklarni xohlardim. AQŞda esa sir emaski, bularning hammasi bor. Qolaversa, oilamning kelajagini öyladim, farzandlarim dunyoning eng yetakçi universitetlarida öqişini istagandim.
Amerikaga qadar ham dunyoning köp davlatlarida malaka oşirgandim. Rossiyalik hamkasblarimiz bilan birga 2018 yilda Özbekistonda ilk bor jigar tranplantatsiyasini ötkazganimiz ham bor gap. Bu juda katta operatsiya hisoblanadi – örtaça 16-17 soat davom etdi.
Şundan keyin ham adaşmasam yana 2-3 ta operatsiya ötkazildi. Ammo biz bu bilan çeklanib qolmasligimiz kerak edi. Ya'ni Özbekistonda neça kişi bunday operatsiyaga muhtoj, mana katta masala. Bu tizimli yondoşuvni talab qiladi. Mening hisobimça, yiliga kamida 250-300ta şunday operatsiyalarni amalga oşirişimiz kerak Özbekistonda. Bu ilm-fanning oldinga siljişiga ham turtki böladi.
Mavzuga oid
Ammo AQŞga kelganim bilan birdaniga şifokor bölib işlab keta olmadim. Sababi, siz dunyoning qayerida öqiganingiz va işlaganingizdan qat'i nazar, AQŞda uç bosqiçli juda murakkab imtihondan öta olsangizgina işlaşingiz mumkin.
Mayli, u imtihonni bir-ikki yil içida topşiriş mumkindir, ammo bu bilan tugamaydi. Keyingi bosqiç boşlanadi, unda özimizning magistraturaga öxşaş jarayonni ötaş lozim. Buning uçun masalan terapevtlar örtaça uç yilgaça, xirurglar tört-beş, neyroxirurglar yetti yilgaça öqiydilar.
Men duç kelgan muammo ança jiddiy edi. Sababi, yuqoridagi öqişlarga qabul qilişda yoşga qaraladi va 35 yoşgaça imkoniyat beriladi. Men kelganimda esa 40 yoşni qoralab qolgandim, ya'ni keçikkandim.
Köpçilik tanişlarim mana şu jarayonda vaqt yöqotib, boşqa sohalarga ötib ketişga majbur bölişdi. Men ham şifokor bölib işlaşim uçun vaqt va mehnat talab qilinardi. Vaqtni yöqotmasligim kerak edi va quyiroq poğonadan boşlaşga qaror qildim.
Imtihonlardan ötib, biz köproq «medbrat» deb ataydiganga öxşaş pozitsiyada (Registered Professional Nurse, BSN – Bachelor Science of Nursing) iş boşladim. Ammo maqsadim bu emasdi albatta, bosqiçma-bosqiç yuqorilab boriş rejasida edim. Hozir Nurse Practitioner pozitsiyasiga işlayapman, bu ham şifokor, oddiy şifoxonalardan tortib yetakçi klinikalargaça işlayveradi. Köproq umumiy amaliyot vraçi yoki oilaviy vraç tuşunçasiga töğri keladi, kiçik ofislar oçişi, bemorlarni qabul qilişi va davolaş işlarini olib borişi mumkin.
Bu toifa şifokorlar davlat budjetini iqtisod qilişga ham yordam beradi va ular juda köpçilik.
– Juda uzoqdasiz, şaroitlar qanaqa, u yerlarda sizdan taşqari ham özbekistonliklar bormi?
– Albatta, özbekistonliklar dunyoning hamma burçaklarida bor. Hatto birga öqigan döstlarimiz ham köpçilik bu yerda. Oldin Nyu-Yorkda yaşaganman, hammaga ma'lumki, u yerda juda katta özbek diasporasi bor. Oldin kelgan özbekistonliklar köproq bu yerda qisqa muddat içida köproq pul işlab qaytiş va özimizda barça şaroitni qilib olişni öylaşardi. Hozirgi paytda kuzatişlarimga köra hammasi özgaryapti va köpçilik pulini jönatmay, şu yerda ildiz otişga harakat qilyapti. Farzandlari ta'limiga sarflaşyapti, yirik kompaniyalar oçişyapti, biznes qilişyapti. Xullas, yurtdoşlarimiz oddiy işçi sifatida qolmay, yuqoriroq poğonalarga çiqa boşlaşyapti.
Ayni paytda oilam bilan Sirakyus şahrida yaşayapmiz. Bu Nyu-Yorkdan 400 km uzoqlikda, Kanadaga yaqin joyda. Tabiati juda gözal, toğlar, köllar köp. Umuman, bu yerda tabiatga munosabat juda boşqaça. Nihoyatda asrab avaylaşadiki, bu endi alohida bir katta mavzu.
Bu şaharga köçişimga sabab qizim Sirakyus universitetiga tibbiyot yönalişi böyiça hujjat topşirdi va juda katta tanlovdan ötib, qabul qilindi. Bir yillik tölovi örtaça 55-65 ming dollar ekan. Bu men uçun katta pul. Ammo bu mablağning 54 mingini, ya'ni deyarli hammasini davlat alohida grant asosida tölab berdi.
Demoqçimanki, tölov miqdoridan qörqiş kerak emas, talabaning öqiş körsatkiçlariga köra hatto 90-95 foizigaça universitetning özi, davlat turli grantlar orqali pul tölab beradi. Bu yaxşi bilim oliş uçun katta stimul borligini anglatadi. Hammasi insonning öziga boğliq.
Mana şu imkoniyatlar haqida talabalik vaqtimda bilganimda, birinçi kursdanoq til örganişga alohida e'tibor bergan bölardim.
– Işingiz haqida, Özbekiston va AQŞ tibbiyotining tafovutlari, öxşaş jihatlar haqida sözlab bersangiz.
– Özim Sirakyusdagi bir klinikada işlayapman. Tört qavatda turli bölimlar, har birida örtaça 40, umumiy 160 nafar bemorni kuzatib turiş mening vazifam. Ya'ni har bir bölimning öz «medbrat»lari bor, men esa ularning ustidan nazoratçiman. Biror zarurat bölsa, maslahat beraman.
Bu ikki davlat tibbiyot tizimini soliştiriş juda qiyin. Har ikkisi bir-biridan keskin farq qiladi. Hatto umuman öxşaş jihatlari yöq, desam ham balki xato qilmasman. Özbekistondagi soğliqni saqlaş tizimi köp jihatdan sobiq ittifoq modelini saqlab qolgan.
AQŞda davlat inson resursiga nihoyatda katta e'tibor beradi va eng katta boylik hisoblaydi. Qandaydir tabiiy boyliklar yoki balandparvoz gaplar emas, aynan inson kapitali birinçi örinda. Har qanday sohada birinçilikka harakat qilinadi.
Tibbiyotda juda katta markazlar işlaydi, har qanday yangilikka jiddiy e'tibor qaratiladi, tadqiqotlarda öziga xos soğlom raqobat ruhi bor. Korrupsiya minimum, men biror marta duç kelmadim. Xodimlarning maoşi normal hayoti uçun bemalol yetadi.
Tizim şu qadar yölga qöyilganki, uni birorta odam özgartirib yubora olmaydi, ya'ni qaysidir vazir almaşişi, boş vraçning yangi bölişi amalda heç narsaga ta'sir qilmaydi.
Hammasining asosida ta'lim tizimi yotadi, bolalarga maktabdan intiliş örgatiladi. Yana bir jihati, dunyoning eng yaxşi bilimdonlarini özlariga jalb qilişadi, «oltinboş»larni öziga töplaydi. Har bir mutaxassis işiga, ijodiy yondoşuviga alohida e'tibor beriladi.
Masalan, işlayotgan joyimda telemeditsina şu qadar rivojlanganki, men biror bemor böyiça aniq fikrga kela olmasam, darhol yetakçi şifokorni internet orqali jalb qilaman va kamera orqali bemorni körsatib, hatto yuraklarini eşittirib, UZI xulosalarini uning monitorida aks ettirib, kerakli tavsiyalarni olaman.
Albatta, maqtayveriş mumkin, qisqasi soliştirişning iloji yöq. AQŞdagi YaIM, uning neça foizi tibbiyotga sarflanişi örganilsa, hammasi tuşunarli böladi.
– Köpçilikni qiziqtiruvçi savol – qança maoş olasiz?
– Albatta, hamyurtlarim uçun bu sir emas. Ammo bu yerda şunday qoida borki, kimningdir maoşi söralmaydi, aytiş ham odat tusiga kirmagan.
Keling, umumiy tizimdagi maoşlar haqida aytib beraman. Mening pozitsiyamdagilarning maoşi soatiga örtaça 40 dollardan boşlanadi. Yangi iş boşlaganlar odatda mana şunçadan oladilar. Ikki-uç yilda bu maoş oşib boraveradi, 65-70 dollargaça yetişi mumkin. Bir haftada örtaça 40 soat işlanadi. Lekin bundan ortiq işlanadigan bölsa, tölov hajmi oşadi.
Qisqasi, «medbrat»larning yillik daromadi 80-85 ming dollar atrofida, ya'ni haftasiga 40 soat, 5 kun 8 soatdan yoki 3 kun 13-14 soat işlanganida. Köproq işlasa, tabiiyki köproq oladi.
Men rejalaştirayotgan keyingi bosqiç – Nurse Practitioner pozitsiyasidagi yillik maoş (haftasiga 40 soat işlanganida) 120-130 ming dollardan boşlanadi. Qöşimça işlasa, daromadi oşaveradi.
Endi bevosita şifokorlarning maoşi 220-250 ming atrofida. Albatta, qaysi şifoxonada işlaşiga qarab, bu ham özgaradi, ya'ni köproq bölişi mumkin. Kardioxirurg, neyroxirurglar orasida yiliga 1 mln dollar oladiganlar ham köpçilik.
– Siz yaşab turgan hududda koronavirus bilan boğliq vaziyat qanday? Bu kasallikka qarşi kuraşga şaxsan özingiz jalb qilindingizmi?
– Mart oyida Nyu-Yorkda koronavirus juda tez tarqaldi va butun davlat böyiça şifokorlar çorlandi. Öşa paytda «medbrat»larning maoşi soatiga 200-250 dollargaça kötarilib ketdi. Boşqa ştatlarda vaziyat tinç edi. Keyinçalik kasallik butun davlatga tarqaldi.
COVID-19 dastlab tarqala boşlanganda bir muddat parişonlik sezildi. Ayni paytda vaziyat barqarorlaşdi. Bu orada AQŞ davlati aholini qanday ta'minlab turganini köpçilik biladi, bunga töxtalib ötişim şart emas.
Şaxsan özim epidemiya hududiga yoki maxsus şifoxonalarga borib işlamagan bölsam-da, klinikamizga bu kasallikka çalingan köplab bemorlar olib kelindi va ular ma'lum vaqt şu yerda davolanib, keyin maxsus şifoxonalarga jönatildi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi