Navbatdagi suhbatdoşimiz – Kanadada faoliyat yuritayotgan şifokor, falsafa fanlari doktori Şarafiddinxöja Dadaxöjayev.

Şarafiddinxöjaga ham turkum suhbatlarimizdagi umumiy savollar bilan bilan murojaat qildik.

Şarafiddinxöja Dadaxöjayev

– Şarafiddinxöja, nega aynan şu davlatni tanlagansiz va qança vaqtdan buyon u yerda faoliyat yuritasiz?

– Özbekistonda Toşkent Tibbiyot akademiyasini tamomlaganman. Keyin akademiyaning nevrologiya yönalişida magistraturada öqidim.

2004 yilda Janubiy Koreyaga borib, 2009 yilgaça magistratura va doktoranturada ta'lim oldim. Meditsina magistri MMed (Master of Medicine) va falsafa fanlari doktori (Philosophy Doctor in Science) darajalarni olib, doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin Yonse universitetining Severans kasalxonasiga qaraşli tibbiy-klinik markazda işladim.

Kareramni 2011 yilda Kanadaga kelib, Janubiy Alberta Saratonni tadqiq etiş instituti (SACRI – Southern Alberta Cancer Research Institute) davom ettirdim. Keyinçalik Brayn Xotçkiss, Kamming tibbiyot maktabi, Kalgari universitetida ham ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdim.

Bu orada Maunt-Royal universitetida tibbiyotga oid turli kurslarda ham öqidim. Futxils tibbiyot markazi, Rockyview General Hospital, Peter Lougheed Center va turli tibbiy markazlarda amaliyot ötadim. Janubiy Koreyada 7 yil, Kanadada esa 9 yil faoliyat yuritdim.

Kanadani tanlaşimdan maqsad – öqitiş tizimi va tibbiyotning rivojlangani bölgan.

Yana bir sabab – ingliz tilidan asosiy til sifatida foydalanilişi edi. Bolaligimdan meditsina bilan boğliq fanlarni yaxşi körganman va yangi ilmiy topilmalarni örganişga qiziqqanman. Şuning uçun ham ingliz tilini bolaligimdan yaxşi örganganman.

– Özbekiston va Kanada tibbiyoti örtasidagi tafovutlar yoki öxşaş jihatlar qanday?

– Özbekiston va Kanada meditsinasi orasida katta farq bor. Kanadada avval birorta universitetda kamida 4 yil öqib, köp hollarda hamşiralikni tamomlab, keyin meditsina fakultetiga hujjat va tibbiyot kollejiga kiriş imtihonlarini topşirib, kamida 3 yil öqiş kerak. Özbekistonda esa tibbiyot institutlariga maktabni bitirib, imtihon asosida kiriladi.