Kun.uz sayti muştariylari uçun turli davlatlarda işlayotgan özbekistonlik şifokorlar bilan turkum suhbatlar uyuştirişni maqsad qildik.

Dastlabki suhbatdoşimiz – samarqandlik şifokor, ayni paytda Yaman davlatida iş olib borayotgan jarroh-urolog Uluğbek Törayev.

– Assalomu alaykum, Uluğbek aka. Dastlab özingiz haqingizda ozgina ma'lumot bersangiz.

Uluğbek Törayev

– Vaalaykum assalom. Men 1990-1996 yillar oraliğida Samarqand davlat tibbiyot institutida öqiganman, 1998 yilgaça klinik ordinatura ötab, jarroh-urolog mutaxassisligini olganman. Ammo Özbekistonda soham böyiça köp işlaş nasib qilmadi. Özimning fikrimça, diplomim va qobiliyatim yirik klinikalarga mos bölsa-da, işga kiriş uçun söralgan pulni topib bera olmaganim uçun olişmagan.

Bu har qanday yoş mutaxassisga juda oğir botadi. Ota-onamiz 6-8 yil öqitib diplomli qilganlaridan keyin ham ularga yana qandaydir xarajatni yuklaş nihoyatda qiyin. Özi biz öqigan yillar iqtisodiy jihatdan murakkab davrlar edi.

Rözğor tebratiş uçun tumanlarda işladim, boşqa işlar bilan şuğullandim va oxir-oqibat xorijga jönaşga qaror qildim.

– Nega aynan Yaman davlatini tanlagansiz va qança vaqtdan buyon u yerda faoliyat yuritasiz?

– Töğrisini aytganda, öşa paytda menda u qadar katta tanlov ham bölmagan. 2012 yilga kelib hayotda nimanidir keskin özgartiriş kerakligini anglab yetganman. Tumanda işlab yurardim, olgan maoşim, topganim rözğorimga arang yetardi. Turmuş örtoğim akuşer-ginekolog, özim jarrohman. Lekin ösib kelayotgan farzandlar kelajagini öylasam, hadikka tuşardim.

Özi özbekistonlik, umuman sobiq ittifoqlik şifokorlarning Yamanga borib işlaşlari uzoq yillik tarixga ega. 2000-yillarda bu tendensiya keskin kuçayib ketdi va minglab şifokorlar yoppasiga jönay boşladilar. Bu borada aniq statistika yuritilmasa kerak, lekin turli ma'lumotlarga köra, bu davlatda 10-15 ming özbekistonlik şifokor bor. Umuman, Yaman tibbiyoti asosini sobiq ittifoq davlatlari mutaxassislari taşkil qiladi, desam adaşmayman.

Xullas, taniş-bilişlarning tavsiyalariga köra 2012 yilda turmuş örtoğim bilan şu davlatga yetib keldik va iş boşladik. Ayolim 2 yilda ortga qaytdi, men hamon şu yerda işlayapman.