Iroq janubidagi An-Nasiriya şahrida koronavirusga çalingan kasallar davolanadigan şifoxonada yirik yonğin çiqdi. Buning oqibatida kamida 50 kişi halok böldi, 70ga yaqin odam jabrlandi.

Al Arabiya telekanalining xabar berişiça, yonğin şifoxonaning koronavirusga çalingan bemorlar davolangan bölimini qamrab olgan. 

Taxminlardan biriga köra, yonğinga qisqa tutaşuv sabab bölgan. Boşqa ma'lumotlarga köra, yonğin kislorod balloni portlaşi oqibatida çiqqan. 

Ayni vaqtda yonğinni nazorat ostiga olişga muvaffaq bölingan.   

Ma'lum qilinişiça, yonğin çiqqan bölim 3 oy oldin oçilgan. U 70 bemorga möljallangan bölgan.

An-Nasiriya joylaşgan Di-Qor muhofazasi soğliqni saqlaş departamenti vakili Ammar al-Zamiliyning ma'lum qilişiça, yonğin boşlanganda bölimda kamida 63 bemor bölgan. Muhofazada favqulodda holat e'lon qilingan.

Ta'kidlanişiça, qurbonlar soni oşişi mumkin, çunki ba'zi jarohatlanganlar oğir ahvolda.

Ma'lumotlarga köra, bino oson alangalanuvçi materiallardan qurilgan bölgan.

Iroqda kovid-şifoxonada yonğin birinçi marta yuz berişi emas. Bahorda Bağdoddagi şiofxonada çiqqan yonğinda 82 kişi halok bölgandi. Öşanda yonğinga kislorod balloni portlaşi sabab bölgan.

Ayni vaqtda Iroqda koronavirus tarqalişi yana avj olmoqda. Mamlakatda har kuni 9 mingdan köproq kasallaniş holati qayd etilmoqda.