2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida hokimlarning eng köp haqiqiy emas deb topilgan qarorlari - Toşkent viloyati (186), Xorazm viloyati (167) hamda Andijon viloyatlari (112) hissasiga töğri kelmoqda. Bu haqda 13 iyul kuni bölib ötgan Oliy sud vakillari iştirokida matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning birinçi yarmida ma'muriy sudlar tomonidan jami 7 973ta ommaviy nizolarga oid işlar körilib, bu ötgan yilga nisbatan 16 foizga oşgan. Körilgan işlarning 52 foizga yaqini, ya'ni 4 117ta iş qanoatlantirilib, fuqarolar va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Şuningdek, yilning birinçi yarmida kelib tuşgan eng köp şikoyat arizalarning 48 foizi – mahalliy davlat hokimiyat işidan, 33 foizi – budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi faoliyatidan, 8,5 foizi – Davlat soliq qömitasi idoralari qarorlaridan norozi bölib qilingan murojaatlardir.

Sudlar tomonidan pensiya jamğarmasiga nisbatan keltirilgan arizalarning 87 foizi yoki 2 202tasi, soliq idoralariga nisbatan keltirilgan arizalarning 36 foizi yoki 247tasi, mahalliy hokimiyatlarga nisbatan keltirilgan şikoyat arizalarning 35 foizi yoki 1 278tasi qanoatlantirildi.