Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan hokimlikka tegişli bölgan mol-mulklar va avtomobillar haqida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati hokimligi ixtiyorida 15 ta avtomaşina mavjud bölib, ular xizmat va navbatçilik avtomaşinalari hisoblanadi.

Qayd etilişiça, viloyat hokimligi tasarrufida Qarşi şahrida 4 va 5 qavatli ma'muriy binolar, avtosaroy, soğlomlaştiriş markazi bor. Bundan taşqari, Muborak tumani markazida 2 xonali bitta turar joy va Qarşi tumani Çovqay massivida 8 ta xizmat uylari mavjud.

Ta'kidlanişiça, hokimlik balansida mulkdor (muassis, aksiyador, iştirokçi) bölgan davlat iştirokidagi korxonalar mavjud emas.