Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida «Lasetti» maşinasi yonib ketdi. «Damas» haydovçisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 13 iyul kuni soat 17:20larda mahalliy ahamiyatga ega bölgan 4K320 Tömarçi-Tallimarjon GRES-Oqquduq avtomobil yölining Qarşi tumanidan ötuvçi 4-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

«Damas» maşinasi harakatlaniş davomida qarama-qarşi yönalişda kelayotgan «Lasetti»ni ötkazib yubormasdan, yonga qayrilgan va töqnaşuv sodir bölgan. Oqibatda «Lasetti» maşinasi yonib ketgan. «Damas» haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Qarşi tumani IIB tergov bölimi tomonidan dastlabki suriştiruv va tergov işlari olib borilmoqda.