Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Buxoro viloyatida quriliş materiallari sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Qaror bilan Peşko‘ va Qorovulbozor tumanlari hududida 100 gektardan jami 200 gektar qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan böş turgan yer uçastkalarini ajratiş hisobiga quriliş materiallari işlab çiqariş klasterlari taşkil qiliş va ularni «Ğijduvon» erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritiş rejalaştirilmoqda.
Şu maqsadda qarorda bir qator tegişli vazirlik, qömita va taşkilotlarga uç oy muddatda mazkur klasterlarning taşqi transport, işlab çiqariş va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş dasturini işlab çiqib, moliyalaştiriş manbalariga aniqlik kiritiş vazifasi yuklatilgan.
Quriliş materiallari işlab çiqariş klasterlarining boş rejasini işlab çiqiş böyiça Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK» DUK buyurtmaçi etib belgilangan.
Şuningdek, qaror bilan viloyatda auksion savdolariga çiqariladigan kon uçastkalari röyxati, 2021-2023 yillarda quriliş materiallari işlab çiqariş yönalişida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlanmoqda. Qaror muhokamasi bugun, 16 iyul kuni yakunlanadi.











