Özbekiston va Pokiston kinoijodkorlari hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olinadi. 15 iyul kuni ikki mamlakat yetakçilarining Toşkentda ötgan muzokaralarida şunday kelişuvga erişildi, deb xabar tarqatdi prezident matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, delegatsiyalar iştirokida keçgan muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş, muştarak ma'naviy merosni birgalikda örganiş, ilm-fan, ta'lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga ham töxtalib ötilgan.


Ta'kidlanişiça, sönggi uç yilda pokistonlik yoşlarning Özbekiston tibbiyot oliy öquv yurtlarida tahsil olişga bölgan qiziqişi ortib bormoqda. Ayni paytda Özbekistonda 750 dan ortiq pokistonlik yoşlar mazkur yönalişda ta'lim olmoqda.
Şuningdek, Panjob universiteti qoşida “Bobur merosi markazi”, Peşovar universitetida özbek tili va madaniyatini örganiş böyiça “Alişer Navoiy markazi” oçilgan.
Özbekiston-Pokiston hamkorligini keng kölamda rivojlantirişga kelişib olindi
Şavkat Mirziyoyev Imron Xonga: “Siz bilan biz “Naya Pakiston” va Yangi Özbekistonni quryapmiz”













