Turkiyaning Istanbul şahrida Turkiy dunyo kino sammiti bölib ötdi. Unda Özbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkmaniston vakillari iştirok etişdi.

Sammitning oçiliş marosimida madaniyat vazirining birinçi örinbosari - Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov sözga çiqib, Özbekistonda kino sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, mahalliy hamda xorijiy kinoijodkorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil töxtalib ötdi.

Şuningdek, u Turkiy dunyo kino sanoati vakillarini Özbekistonda film suratga olişga taklif etib, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va qöşma kinoloyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflarini örtaga taşladi.

Anjumanda turkiy davlatlar örtasida kino sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va yangi qöşma loyihalar uçun istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi.

Sammit doirasida özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul kino muzeyiga taşrif buyurişdi. Neoklassik uslubdagi mazkur muzey bir vaqtlar Istanbuldagi birinçi kinoteatr sifatida faoliyat körsatgan.

Taşrif davomida özbekistonlik kinoijodkorlar turk kino sanʼatining şakllaniş tarixi, taraqqiyot bosqiçlari va bugungi yutuqlari bilan tanişdi. Muzey ekspozitsiyalari orqali milliy kino merosini saqlaş, tizimli namoyiş etiş va keng tarğib qiliş borasidagi Turkiya tajribasi örganildi.

Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi mamlakatning bir qator maşhur kinopavilionlari, xususan, «Heysem» kinoşaharçasi bilan tanişdi.

Qörqut Ota Turk dunyosi kinofestivalida tanlov dasturidan örin olgan rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan «Farz» badiiy filmining maxsus namoyişi bölib ötdi.

Ijodkorlar Turkiyadagi Istanbulkent universitetida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan uçraşuv ham ötkazişdi. Suhbat davomida universitetning kino yönalişida tahsil olayotgan talabalari bilan kelgusida milliy kino loyihalarida hamkorlik qiliş, ularning iqtidori va bilimlarini özbek kinosi rivojiga yönaltiriş haqida kelişib olindi.