Namangan şahrida fuqaroning yonidan yarim kilodan oşiq tilla va tilla kukunlari topildi.
Namangan viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Namangan şahrida tezkor tadbir ötkazdi.
Tadbir davomida fuqaro M. A.ning buyumlari közdan keçirilgan. Natijada, unga tegişli 1 dona paketga joylangan, muqaddam qöşni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, oğirligi 606 gramm bölgan tilla va uning kukuni borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qiymati 400 million sömlik tilla va uning kukunlari aşyoviy dalil sifatida vaqtinça saqlovga olindi.
Hozirda uşbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.











