Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida uç kişi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 12 iyul kuni soat 9:20larda davlat ahamiyatidagi 4R-87 Yettitom-Qarşi avtomobil yölining Çiroqçi tumani hududidan ötuvçi 53-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.
Çiroqçi tumani Toşli hududida harakatlanib kelayotgan «Neksiya-1» maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, qaraama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan «Neksiya-2» maşinasi bilan özaro töqnaşgan.
Oqibatda «Neksiya-1» maşinasida yölovçi sifatida kelayotgan ikki nafar fuqaro, «Neksiya-2» maşinasida bölgan bir nafar fuqaro oğir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Şuningdek, har ikkala maşina haydovçilari oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, haydovçilar maşinalarni belgilangan me'yordan tez boşqargan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Çiroqçi tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv ötkazilmoqda. Bundan taşqari, mutasaddilar iştirokida aholi orasida yöl qoidalariga amal qilmaslik oqibatida kelib çiqişi mumkin bölgan oğir holatlar muhokama qilingan.












