NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning vorisi şarqiy yevropalik 3 ayol siyosatçidan biri bölişi mumkin. Bu haqda Politico naşri xabar berdi.

Stoltenbergning vakolatlari muddati 2022 yil 30 sentyabrda yakunlanadi. Naşrning ta'kidlaşiça, uning vorisi böyiça muhokamalar NATO boş qarorgohida boşlangan.

NATOning keyingi boş kotibi Xorvatiya va Litvaning sobiq prezidentlari Kolinda Grabar-Kitaroviç va Dalya Gribauskayte yoki Estoniyaning amaldagi rahbari Kersti Kalyulayd bölişi mumkin. Ulardan biri 2022 yil bahori yoki yozida NATOning 14-rahbari lavozimiga nomzod sifatida taqdim qilinişi mumkin.

Avvalroq NATOga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlari Bryusselda alyansda amalga oşirilişi mumkin bölgan islohotlarni muhokama qilişgan. Ikki kunlik uçraşuv davomida “NATO-2030: yangi davrdagi birdamlik” deb nomlangan hisobot taqdim qilingan. Onlayn tarzda ötgan uçraşuvda, şuningdek, NATOni kelajakdagi tahdidlarga tayyorlaş hamda Rossiya va Afğonistondagi vaziyat mavzulari kötarilgan.