Iyul oxiriga qadar Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga 17 dona modernizatsiya qilingan BMP-2M zirhli transporti keltiriladi. Bu haqda markaziy harbiy okrug qömondoni Aleksandr Lapin ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, bu «harbiylarning jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada oşiradi».
Jangovar maşinalar 201-Rossiya harbiy bazasining motoöqçi bölinmalariga beriladi. Aniqlik kiritilişiça, yangi zirhli maşinalar eskilari örniga keltiriladi.
BMP-2M avtomatik öt oçiş tizimi bilan jihozlangan. Unga panoramali möljalga oliş va kuzatiş uskunalari, R-168 «Akveduk» radiostansiyasi örnatilgan.
Eslatib ötamiz, Afğonistondagi vaziyat keskinlaşganidan söng Rossiya harbiylari Tojikiston-Afğoniston çegarasidagi poligonga yetib keldi. Ma'lumot berilişiça, ular Özbekiston va Tojikiston harbiylari bilan qöşma maşğulotlar ötkazadi.












