«Tolibon» harakati «Al-Qoida» terrorçilik tarmoği hamda «Laşkari-toyiba» va «Jayşi Muhammad» terrorçilik guruhlari bilan mustahkam aloqa örnatgan, dedi Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani. 

«Tolibon» «Al-Qoida», «Laşkari-toyiba» va «Jayşi Muhammad» bilan çuqur aloqada. «Tolibon» olib borayotgan uruş heç qanday diniy yoki milliy asosga ega emas. Biz yaqin uç-olti oy içida vaziyatni özgartirişga urinamiz», — deya Aşraf Ğanidan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.

Uning sözlariga köra, «Tolibon» Afğonistonni turli isyonçilarning boşpanasiga aylantirmoqçi.

«Hukumat heç qaçon bunga yöl qöymaydi. Maqsadimiz – Afğoniston va uning ozodligini, oxirgi 20 yilda erişilgan muvaffaqiyatlarni himoya qiliş», — dedi u.

Bakhtar agentligining Afğoniston armiyasi qömondonligiga tayanib xabar berişiça, «Al-Qoida» «Tolibon» jangarilariga mamlakatda terrorçilik hujumlarini amalga oşirişda kömak bermoqda, öz instruktorlarini jönatmoqda.