Trampning boyligi maoş hisobiga emas, balki uning voz keçişni istamagan biznesi hisobiga köpaydi, deb yozadi Forbes. Hujjatlarga köra, 2017 yil yanvardan 2020 yil dekabrgaça Trampning daromadi 2,4 mlrd dollarni taşkil etgan.
Prezidentlik davrining dastlabki uç yilida Tramp yiliga 650 million dollarga yaqin pul işlagan. Ammo 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli daromad 450 mln dollarga pasaygan.
Tramp daromadining asosiy qismi uning golf-klublaridan kelgan – tört yilda 940 mln dollarga yaqin. Buning 270 mln dollari Mayamidagi Trump National Doral golf-kurortiga töğri keladi. Palm-Biçdagi Mar-a-Lago klubi 90 mln, Nyu-Jyersi ştatidagi golf-klub 60 mln dollar atrofida daromad keltirgan.
Bu pullarning barçasi ham Trampning çöntagiga tuşmagan. Golf-klub va kurort biznesi rentabelligi 20 foizni taşkil etadi. Pandemiya davrida ulardan keladigan umumiy daromad 27 foizga kamayib, 2020 yilda 190 mln dollarni taşkil etgan.
Trampning baxtiga, uning köçmas mulklari foyda keltirdi. Tramp 30 foiz aktiviga egalik qiladigan San-Fransiskodagi ofis binosi ijara tölovi ötgan yili 42 mln dollardan 43 mln dollarga kötarilgan. Nyu-Yorkdagi 1290 Avenue of the Americas manzilida joylaşgan uydan ham Tramp 55 mln dollar örniga 58 mln dollar işlagan.
Mehmonxonalar esa unçalik ham foyda keltirmagan. 2017-2019 yillarda daromad 100 mln dollardan ortiqroq bölgan, 2020 yilda esa 50 mln dollarga tuşib ketgan.
Tramp 2017 yilda 32, 2018 yilda 53 va 2019 yilda 32 mln dollarga köçmas mulk sotgan. 2020 yilda esa Las-Vegasdagi apartamentlardan atigi 435 ming dollar işlagan.












