Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Moskva oblastidagi kafelardan birining yaqinida mehnat migrantlari örtasida muştlaşuv yuz bergani va öq ovozlari eşitilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi axborot xizmati bilan bilan boğlanib, vaziyatni örgandi, deyiladi agentlik xabarida.
Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, uşbu muştlaşuv 18 iyuldan 19 iyulga ötar keçasi Moskva oblastida Aprelevka şahrida joylaşgan "Xoroşeye mesto" kafesi yaqinida Rossiya Federatsiyasining 10-15 nafar fuqarolari iştirokida yuz bergan.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotida aytilişiça, mazkur mojaroda Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etmagan.
Avvalroq, TASS huquqni muhofaza qiliş organidagi manbasiga tayanib Moskva oblastidagi turar joy majmualaridan birining hovlisida migrantlar örtasida muştlaşuv sodir bölgani haqida xabar bergan. Guvohlar öq ovozini ham eşitişgan.
Muştlaşuvda yigirmaga yaqin migrant qatnaşgani, ularning Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ekani aytilgandi.












