Afsuski, mamlakatda elektr energiyasini işlab çiqariş yoki sotib olişdan taşqari, uni yetkazib beriş bilan boğliq muammolar ham talaygina. Xususan, aholi elektr energiyasidan köproq foydalana boşlasa, uziliş köpayadi va soha mutasaddilaridan köpinça bir xil javob keladi: «Transformatorlar va simyoğoçlar ötgan asrning örtalarida örnatilgan. Katta bosimni kötara olmayapti».
Göyoki şu javob bilan biror-bir xonadonga yoruğlik kirib boradigandek.
Tizim yangilanmagan bölsa, iste'molçida nima ayb? Aholi köpayayotgan bölsa, iste'molçida nima ayb? Bu haqda kim öylaşi kerak? Tizim tepasidagilarmi yoki aholi?
Darvoqe, Kun.uz’ga böladigan murojaatlarning aksariyati simyoğoçlar va transformatorlarning yetişmasligi bilan boğliq ekani ham sir emas.

Yaqinda Foriş tumani elektr korxonasi rahbari bir yilda tumanga 100-150tagaça simyoğoç ajratilişini ma'lum qilgandi. Tuman hududida jami 4000ta simyoğoçlar ta'mirtalab ekan. Bu degani, Forişdagi simyoğoçlar töliq soz holatga kelguniça yana 25 marta qovun pişadi!
Misol uçun, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati bergan ma'lumotga köra, viloyatda jami 565 mingdan ortiq simyoğoç mavjud bölib, şundan 245 mingtasi eski, yoğoç ustunlar bölsa, 60825tasi avariya holatida, ya'ni almaştirilişi kerak.
Hozirgi vaqtda Samarqand viloyatining Xişrav qörğonida bitta - «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ temir-beton tayançlar işlab çiqariş sexi faoliyat körsatmoqda. Bir sutkada 60ta, bir yilda 16 mingga yaqin temir-beton tayançlar işlab çiqarilişi ma'lum qilindi.
Bundan taşqari, «Özqişloqelektrquriliş» AJga qaraşli Qamaşi temir-beton ustunlari işlab çiqariş zavodi tomonidan ham Samarqandga simyoğoçlar yetkazib berilayotgan ekan.

Şu örinda bir tahlil. Samarqand viloyati böyiça 2021 yilda 5025 dona temir-beton ustunlari yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
Xususan, joriy yilda Urgut tumaniga 2197 dona temir-beton ustunlari örnatilişi rejalaştirilgan bölib, hozirgi kunga qadar 777 dona temir-beton ustunlari ajratilgan.
E'tibor bering, viloyat miqyosida 60 825ta simyoğoç avariya holatida, 245 mingtasi yoğoç ustunlar. Demak, avariya holatidagi simyoğoçlarni yangilab çiqiş uçun ham ön yillar kerak.
Joriy yilning ötgan olti oy davomida Urgut tumaniga belgilangan temir-beton ustunlarni yetkazib beriş rejasi 30 foiz atrofida bajarilganini hisobga olsak, vaziyatni tasavvur qiliş qiyin emas. Kelgusi olti oyda qolgan 1420ta simyoğoç Urgutga yetib borarmikan yoki kelgusi yillar dasturlariga qolib ketarmikan?
Samarqand viloyatida qolgan 180 mingta yoğoç ustunlarni yangilaş haqida-ku hali gap ham bölişi mumkin emas.

Qiziq, mamlakatda elektr energiyasini aholiga muntazam yetkaziş, sohada sifatni oşiriş haqida gapirilyapti-yu hali oddiygina simyoğoç muammosi hal etilgani yöq. Şu ketişda bölsa, yaqin ön yillarda ham simyoğoç muammosi hal bölmasligi aniq.
Talabga javob beradigan transformatorlar bilan butun mamlakatni töliq ta'minlaş bu kamida Marsga uçişdek gap!
Xöp, nega butun boşli viloyat böyiça temir-beton ustunlar işlab çiqaradigan korxona bitta bölişi kerak? Bu matohni işlab çiqariş şunçalik murakkabmiki, tadbirkorlar qöliga ötişi mumkin bölmasa? Ön-yigirma yillik muammolar, odamlarning kayfiyatini buzayotgan, norozi qilayotgan sohani nahotki bir-ikki yilda bartaraf etişning imkoni yöq? Oydinlaşadiki, bu borada ham MONOPOLIYa bor. Tadbirkor bu sohaga yaqinlaşolmaydi.

Tadbirkorlar bu sohaga yaqinlaşmasligining öziga yaraşa sabablari bor. 2020 yil 28 fevralda Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlariga ulaş tartibini soddalaştiriş va biznes muhitini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda iqtisodiy samaradorlikni baholagan holda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining hududiy elektr tarmoqlari taşkilotlari tarkibida 2020 yilda temir-beton tayançlari, metall va beton mahsulotlarini işlab çiqariş sexlari va quriliş bölinmalarini taşkil etiş közda tutilgan. Xususan, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati ham Xişrav qörğonidagi sex yuqoridagi qaror asosida faoliyat körsatayotganini ma'lum qilgan.
Xöş, butun boşli sanoati rivojlangan katta bir viloyatda temir-beton ustunlari işlab çiqaradigan korxona nega bitta? Sabab, «Tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlariga ulaş tartibini soddalaştiriş va biznes muhitini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror boşqa istalgan tadbirkorlik sub'yektiga bu iş bilan şuğullaniş vakolatini bermaydi. Natijada, butun mamlakatda simyoğoç muammosi sanoqli korxonalarning monopoliyasi sabab yaşaşda davom etadi.
Xulosa şunday: yoki mamlakatda elektr energiyasiga mas'ullar sun'iy tarzda simyoğoç muammosini yuzaga keltiriş orqali uzilişlarni «stolba»larga boğlab qöyişyapti, yoki bölmasa «stolbalar» savdosidan, butun boşli viloyatlar, tumanlarda talabning ortib borayotganidan manfaatdor kimsalar bor.
Xulosa qiliş har kimning öziga. Çuqur tahlil va jöyali javobni soha mutaxassislariga qoldiramiz.
Isomiddin Pölatov,
Kun.uz muxbiri.












