Samarqand viloyatida 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar soni ötgan yilgi 6 718 tani taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan 1 984 taga yoki 42 foizga köp. Bu haqda Samarqand viloyat IIB boşliği örinbosari Komiljon Ğafforov xalq deputatlari viloyat kengaşi sessiyasida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Zarnews.
Ğafforovga köra, kiberjinoyatlarning 6 303 tasi, yaʼni 94 foizi fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pul mablağlarini qölga kiritiş bilan boğliq. Jumladan, 2 711 ta holat kiberfiribgarlik, 3 592 tasi esa kiberöğrilik sifatida qayd etilgan.
Jinoyatlarni sodir etişda turli usullardan foydalanilgan:
3 550 ta holatda soxta havolalar yoki zararli dasturlar orqali bank kartasi yoxud qurilma boşqaruvi qölga kiritilgan;
1 478 ta holat ijtimoiy tarmoqlar va onlayn savdodagi aldovlar bilan boğliq bölgan;
575 ta holatda soxta treyding va onlayn birjalar orqali pul jalb qiliş aldovlari işlagan;
101 ta holat onlayn mikroqarz va kredit rasmiylaştiriş bilan boğliq;
97 ta holat soxta qönğiroqlar orqali SMS-kodlarni qölga kiritiş bilan boğliq bölgan.
Bank kartalari bilan boğliq jinoyatlar oqibatida fuqarolarga jami 49 mlrd 887 mln söm zarar yetkazilgan. Şundan 18 mlrd 236 mln sömi yoki 36 foizi undirilgan. Qolgan 31 mlrd 651 mln söm zararni qoplaş çoralari körilmoqda.












