Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi taklifiga köra, 23 iyul kuni Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi delegatsiyasi Toşkentga yetib keldi. 

Vazirlik xabariga köra, delegatsiya hozirda respublikada qöllanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini işlab çiqarayotgan mazkur kompaniyaning boş muhandisi Vang Zijun, Eksport bölimi boşliği Çen Fangvu hamda Çu Yingjin va Li Jifyao kabi mutaxassislardan iborat.

Delegatsiya poytaxtga Özbek-Xitoy vaksinasini Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib boriş maqsadida taşrif buyurdi. Mutaxassislar vaksina işlab çiqariş uçun infratuzilmaviy imkoniyatlarini baholaydi.

Ma'lum qilinişiça, Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarşi nomzod vaksinasini yaratiş loyihasining taşabbuskori va koordinatori hisoblanadi. Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi va Soğliqni saqlaş vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining vaksina sinovlarida iştiroki, şuningdek, klinik tadqiqotlarga qöşgan hissasi natijasida Özbekiston vaksina hammuallifi sifatida e'tirof etilgan.