Hozirgaça özbekistonlik atletlar olimpiadalarda 8 marta oltin medalni qölga kiritgan. Ulardan 7 tasi yozgi, bittasi esa qişki olimpiadalarga töğri keladi. Özbekistonliklar orasida olimpiadani yutişni birinçi bölib 1994 yil Lina Çeryazeva uddalagan. Lina Lillihamerdagi qişki olimpiadaning fristayl yönalişida oltin medalni qölga kiritadi. Bu özbek atletlarining Olimpiadadagi ilk medali ham edi. Çeryazovadan keyin qişki olimpiadada özbekistonliklar şohsupaga yaqinlaşişmadi ham.
1996 yilgi Olimpiadada özbek sportining yana ikki zabardast vakili medal olib, yozgi olimpiadada sovrin yutişni boşlab berişadi. Boksçi Karim Tölaganov bronza, dzyudoçi Armen Bagdasarov kumuş yutadi. Şundan keyin özbek atletlarining natijalari yaxşilanib bordi. Sidneyda 4 sportçimiz medal oladi. Artur Taymazov alamli tarzda finalda yengilib, kumuş bilan kifoyalanadi. Boksçilarimiz Sergey Mixaylov hamda Rustam Saidov bronza olişadi. Muhammadqodir Abdullayev esa boksda çempionlikni qölga kiritadi. Bu özbek atletlarining yozgi olimpiadalarda yutgan ilk oltini edi.
Afina-2004 öyinlarida medallarimiz soni 5 taga yetadi. Artur Taymazov bu gal çempion bölişni uddalaydi. Undan keyin yana bir kuraşçi Aleksandr Dokturaşvili ham oltin oladi. Darvoqe, Artur Taymazov 2008 va 2012 yillarda ham olimpiadada çempion böladi. Biroq doping sabab uning keyingi ikki medali bekor qilinadi. Afinada ham boksdan ikkita bronza böladi. Ötkirbek Haydarov va Bahodir Sultonov uçinçi örinni olişadi. Magomed Ibragimov esa finalda yengilib, kumuş medalni qölga kiritadi.
Taymazovning oltini bekor qilingani hisobiga 2008 yil Pekinda ötgan olimpiada oltin medalsiz ötdi, deyişga majburmiz. Bu bahslarda Rişod Sobirov, Yekaterina Xilko va Anton Fokin bronza, Abdulla Tangriyev kumuş medalni qölga kiritadi. Taymazovning doping mojarosi sabab 2012 yilgi London olimpiadasi ham rasman Özbekiston uçun oltinsiz ötgan. Rişod Sobirov, Ivan Yefremov va Abbos Atoyev bronza olişgan.
2016 yil Rio olimpiadasi esa özbek sporti tarixidagi eng yaxşisi bölib tarixga kirdi. Atletlarimiz naq 13 ta medalni qölga kiritişadi. Ulardan 4 tasi oltin edi. Boksçilar Hasanboy Dösmatov, Fazliddin Ğoyibnazarov, Şahobiddin Zoirov va ştangaçi Ruslan Nuriddinov musobaqa ğolibi bölişadi. Şahram Ğiyosov va Bektemir Meliqöziyev kumuş, Diyorbek Örozboyev, Rişod Sobirov, Rustam Tölaganov, Elmurat Tasmurodov, Ixtiyor Navrözov va Magomed Ibragimov bronza oladi.
Şu tariqa Uluğbek Raşidov 19 yoşidayoq Lina Çeryazova, Muhammadqodir Abdullayev, Artur Taymazov, Aleksandr Dokturaşvili, Hasanboy Dösmatov, Fazliddin Ğoyibnazarov, Şahobiddin Zoirov, Ruslan Nuriddinov kabi sportçilardan iborat elit röyxatdan joy oldi.
Özbekistonlik atletlar bugungi oltinni ham qöşib hisoblaganda umumiy 33 ta olimpiada medalini qölga kiritişgan: 9 ta oltin, 6 ta kumuş, 18 ta bronza. Ular sportning 7 ta turida medal olişgan. Taekvondo yettinçi bölib bu röyxatga kirdi. Barça turdagi medallar eng köp boksda qölga kiritilgan. Umumiy hisobda boksçilar 14 ta medal olişgan.
Özbekiston delegatsiyasi uçun eng sermahsul olimpiada Rio-2016 bölgan. Atletlar qölga kiritgan 13 ta medal umumjamoa hisobida 21-örinni olişga imkon bergan.













