“Taqiqlangan davlatlarga borganlar ortga qaytgandan keyin qonun oldida javob berib, qat'iy sanksiyalarga uçraydi. Ularga 3 yilga podşohlikni tark etiş taqiqlanadi”, deb aytilgan podşohlik içki işlar vazirligi xabarida.
Saudiya Arabistoni hukumati dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etayotgani va virusning yangi ştammlari tarqalayotgani sababli ba'zi davlatlarga töğridan töğri va boşqa davlatlar orqali borişni taqiqlab qöygan. Bunday davlatlarga BAA, Liviya, Suriya, Livan, Yaman, Eron, Turkiya, Armaniston, Efiopiya, Somali, Kongo, Afğoniston, Venesuela, Belarus, Hindiston va Vetnam kiritilgan. Faqatgina diplomatlar va ularning oilalari a'zolari, xorijiy delegatsiyalar vakillari, samolyotlar ekipajlari hamda dori-darmon yetkaziş bilan şuğullanuvçi şaxslar uşbu taqiqlovdan istisno qilingan.
Şuningdek, 9 avgustdan koronavirusga töliq emlangan saudiyaliklarga mamlakat taşqarisiga çiqişga ruxsat beriladi. Şu bilan birga, turistik vizalarga ega xorijliklarga pandemiya vaqtida podşohlikka kiriş taqiqlanadi.












