Soğliqni saqlaş vazirligi keyingi paytlarda köpçilik öpka yalliğlanişi jarayonlarida, tana harorati kötarilganda va boşqa kasalliklarda bilib-bilmay, antibiotiklardan foydalanişni odatga aylantirgani, ayniqsa, bugungi kunda koronavirusga çalingan yurtdoşlar orasida özboşimçalik bilan antibiotik va gormon oliş holatlari juda köp kuzatilayotganiga e'tibor qaratdi.
Bunga nafaqat ularning yetarli tibbiy bilimga ega emasligi, balki ayrim hollarda dorixona egalarining uşbu dori vositalari bilan savdo qiliş böyiça yurtimizda belgilangan tartib-qoidalarni çetlab ötayotgani ham sabab bölayotgani ta'kidlandi.
SSV matbuot xizmati uşbu mavzu yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi boşqarma boşliği Muhabbat Ibragimovaga bir neça savollar bilan murojaat qildi.
— Ma'lumki, antibiotiklar tibbiyotda eng köp tayinlanuvçi va uning qariyb barça sohalarida qöllaniluvçi dori vositasi sanaladi. Biroq ulardan notöğri foydalaniş jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Jumladan, keyingi paytlarda antibiotiklarni pala-partiş işlatiş natijasida kasallikka sabab böluvçi bakteriyalarning preparatlarga çidamliligi ortib bormoqda. Birgina misol, bundan 15-20 yil ilgari penitsillin köplab bakteriologik kasalliklarga qarşi samarali vosita hisoblangan bölsa, hozirga kelib, bu bakteriyalar mazkur antibiotikni “pisand” qilmayapti.
Qolaversa, bugun mamlakatimizda ba'zi bemorlar uşbu dori vositasidan virusli kasalliklar, xususan, “COVID-19” infeksiyasini davolaşda özboşimçalik bilan foydalanayotgani, ularning ahvolini yanada oğirlaştirib, ayrim hollarda ölimga ham sabab bölmoqda.
— Antibiotiklardan özboşimçalik bilan foydalanişning oldini olişda yurtimiz dorixonalarida uşbu vositaning çakana savdosini belgilangan talablarga muvofiq holda taşkil etiş qançalik muhim?
— Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, mamlakatimiz qonunçiligiga köra, antibiotiklarni şifokor retseptisiz beriş taqiqlanadi. Jumladan, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, dori vositalarini retsept bilan (antibiotiklar şular jumlasidan) dorixonalardan çakana realizatsiya qiliş Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asosan amalga oşirilişi belgilangan.
Şuningdek, bu kabi dori preparatlarini dorixonalarda sotiş Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan şakldagi retseptlar böyiça yoki tasdiqlangan Retsepsiz beriladigan dori vositalarining röyxatiga köra retsepsiz amalga oşiriladi. Qolaversa, prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrdagi tegişli qaroriga köra, tibbiyot taşkilotlarida mulkçilik va idoraviy mansubligidan qat'i nazar, bemorga retsepsiz retsept böyiça beriladigan dori vositalarni buyuriş taqiqlanadi.
— Bu tartibga amal qilmaganlarga qanday qonuniy çoralar köriladi?
— Mamlakatimizda dorixona xodimi retsept bilan beriladigan dori vositasini retsepsiz sotganligi uçun qonuniy javobgarlik belgilangan.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 1651-moddasi (dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş) va Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 1863-moddasiga (tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş) köra, bunday şaxslar tegişli javobgarlikka tortiladi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 284-sonli qaroriga asosan uşbu qonunbuzarlikni dorixona muntazam ravişda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) amalga oşirsa, bu holat litsenziya talablari va şartlarini qöpol ravişda buzilişi hisoblanib, litsenziyaning amal qilişi belgilangan tartibda töxtatilişiga olib keladi.












