Köpçilik dorilar infeksiyalarga qarşi kuraşda öz samaradorligini yöqotmoqda, yangi antibiotiklar esa juda sekin işlab çiqiladi. Biroq olimlar bu muammoni hal qiliş yölida muhim qadam qöydi. Ular modifikatsiyalangan darobaktin asosida yaratilgan eksperimental dori vositasini taqdim etdi. Darobaktin — bakteriyalar öz raqobatçilariga qarşi kuraşiş uçun işlab çiqaradigan modda.
2024 yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) antibiotiklarga çidamlilikni rivojlantirişga qodir bakterial patogenlar röyxatini yangiladi. Ular orasida, Acinetobacter baumannii, Pseudomonas aeruginosa va E. coli bor. Uşbu bakteriyalar köpinça peritonit, siydik yöllari infeksiyasi va pnevmoniya kabi murakkab va davolaş qiyin bölgan infeksiyalarni keltirib çiqaradi.
Mazkur patogenlar bilan kuraşiş qobiliyatiga ega yangi antibiotiklar juda kerak, biroq ularni izlab topiş murakkab vazifa hisoblanadi. Potensial nomzodlardan biri darobaktin bölib, u tabiiy antibiotik sanaladi. Darobaktin bakterial hujayra oqsillariga boğlanib, uning hayotiy faoliyatini buzadi va bakteriyani nobud qiladi.
Rolf Myuller va Jyennifer Herrmann rahbarligidagi mutaxassislar guruhi bir qator tadqiqotlar ötkazdi. Bu tadqiqotlar natijasida genetik modifikatsiyalangan darobaktin (D22 deb nomlanadi) laboratoriya şaroitida va hayvonlar ustida olib borilgan tajribalarda çidamli mikroorganizmlar ösişini töxtatiş qobiliyatiga ega ekani isbotlandi.
Birinçi bosqiçda olimlar Acinetobacter baumannii bilan zararlangan zebra baliqlarining embrionlarida D22 preparatining samaradorligini laboratoriya şaroitida tekşirdi. Natijalar körsatişiça, dori infeksiyani muvaffaqiyatli yöq qiladi va murakkab bakterial infeksiyalarni davolaşda keng qöllanadigan siprofloksatsin kabi samarali ta’sir körsatadi.
Keyingi bosqiç preparatni Pseudomonas aeruginosa va E. coli bilan zararlangan siçqonlarda sinab köriş böldi. Tajribalar D22 ni yuborişning eng samarali usuli inʼeksiya ekani tasdiqladi, oğiz orqali qabul qiliş sezilarli darajada kamroq natija bergan.
Pseudomonas aeruginosa keltirib çiqargan infeksiyada D22 ni köp marta yuboriş, töqimalardagi bakteriyalar sonini sezilarli darajada kamaytirdi, biroq infeksiyani töliq bartaraf eta olmadi. E. coli qözğatgan qorin böşliğidagi oğir infeksiya holatida esa D22 ni 25 soat davomida tört marta yuboriş bakteriyalarni butunlay yöq qildi.
Xuddi şu qözğatuvçi tufayli yuzaga keladigan siydik yöllarining murakkab infeksiyasini davolaşda, uç kun davomida kuniga ikki marta qilingan inʼeksiyalar bakteriyalar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
















