Bakteriyalarning antibiotiklarga çidamliligi oşişi ortidan insonlar ölimi yildan yilga oşmoqda, kelgusi 25 yil içida uşbu körsatkiç taxminan 40 millionga yetişi mumkin. Bu haqda Angliyaning sobiq boş sanitar şifokori Salli Devisga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Superbakteriyalar — vaqt ötişi bilan antibiotiklarga qarşi çidamlilik hosil qiladigan, kasallik qözğatuvçi mikroorganizmlardir.

Devisning ogohlantirişiça, bu bakteriyalarning tarqalişi va organizmning mikroblarga qarşi dorilarga çidamliligi ortişi natijasida, inson tanasida turli xil operatsiyalarni, jumladan, tuğruq jarrohligini ötkaziş xavfli bölib qolişi mumkin.

“Mikroorganizmlar çidamliligi tufayli yiliga bir millionga yaqin odam vafot etadi va bu raqam keyingi 25 yil davomida ösib boradi. Bu haqiqatan ham qörqinçli”, — dedi mutaxassis.

Aholi qarigani sayin surunkali kasalliklar bilan yaşaydigan odamlar soni tobora köpayadi, bu esa ularni antibiotiklarga çidamli bakteriyalar oldida ojiz qilib qöyadi. Uşbu tahdidlar şaroitida şifokorlar antibiotiklar buyurişni iloji boriça çeklaşga harakat qilmoqda. Superbakteriyalar evolyutsiyasiga çorva mollarini davolaş va ularning yetilişini rağbatlantiriş uçun antibiotiklar qöllanilişi ham sabab bölmoqda. Devisning ta’kidlaşiça, bakteriyalarning antibiotiklarga çidamliligi oşişi yangi dorilar işlab çiqiş zaruriyatini tuğdiradi, bu esa öz navbatida qöşimça muammolarni keltirib çiqaradi.

Antibiotiklardan noörin foydalanişni töxtatiş zarur, deb ogohlantirdi Devis. U yangi antibiotiklarni işlab çiqiş zaruratini qayd etdi, biroq bu masalada muammo mavjud:

“80 yillarning oxiridan buyon kundalik foydalanişga kiritilgan antibiotiklarning yangi turlari paydo bölgani yöq, yangilarini yaratişni rağbatlantiruvçi bozor modeli esa işdan çiqqan. Agar siz yangi antibiotik işlab çiqsangiz, uni biror kim yiliga bir hafta qöllaşi mumkin, xolos. Bundan nima foyda bor? Masalan, qon bosimini pasaytiruvçi har kunlik dorilar yoki bir neça oy qabul qilinadigan saratonga qarşi dorilar farmatsevtika kompaniyalariga ança köp foyda keltiradi. Şu sababli, ularda yangi antibiotiklar işlab çiqarişga rağbat yöq. Bu haqiqatan ham katta muammo”, — deb izoh berdi olim.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham şifokor körsatmasidan taşqari antibiotiklar bilan davolaş mikroorganizmlarning bunday dorilarga çidamliligini rivojlantirişi haqida ogohlantirgandi. Taşkilot koronavirusni davolaş vaqtida butun dunyo böylab bemorlar antibiotiklardan notöğri foydalanganini aniqladi: taxminan 75 foizi bunday dorilarni “ehtiyot çorasidan” qabul qilgan, vaholanki u faqat 8 foiz odamga zarur bölgan.