Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida joylaşgan avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida «UAZ» maşinasiga örnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 28 iyul kuni soat 6:15 larda Muzrabot tumani «Yurtim jamoli» MFYda joylaşgan «Qora marvarid» MÇJga qaraşli avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida «UAZ» maşinasiga örnatilgan gaz balloni portlab ketgan. 

Oqibatda maşina yaroqsiz holga kelgan. Bundan taşqari,  şoxobçaning tom qismi zararlangan. Qayd etilişiça, hodisada heç kim jarohatlanmagan va vafot etmagan. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Ta'kidlanişiça, voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boşqa tegişli idoralarning kuç-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlari bajarilgan.