30 iyul kuni AQŞning COVAX dasturi doirasida YUNISEF tomonidan Özbekistonga keltirilgan «Moderna» vaksinasining taqdimoti bölib ötdi. Taqdimotda YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mametzoda, AQŞ elçisi Deniyel Rozenblyum, Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining Özbekistondagi vakili Kristofer Fitspatrik hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyevlar iştirok etişdi.

Hozirda AQŞ COVID-19 vaksinalarining adolatli taqsimlanişini ta'minlaydigan COVAX dasturining eng yirik donori hisoblanadi. COVAX maqsadlariga köra, keltirilgan 3 mln dozadagi vaksina eng avval emlanadigan aholi guruhlari uçun işlatilib, ularning 20 foizini emlaşga hissa qöşadi.

AQŞning Özbekistondagi elçisi Deniyel Rozenblyumning aytişiça, bu beğaraz yordam butun dunyoda pandemiyani töxtatiş, insonlar hayotini saqlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.

«COVAX dasturi doirasida AQŞ Özbekistonga ham vaksinalar yetkazib bermoqda va bunday hadyalar hali yana davom etadi. Şu yil YUNISEF taşkiloti orqali «Pfizer» vaksinalari ham Özbekistonga olib kelinadi. «Moderna» vaksinasining keyingi partiyasi qaçon kelişi hozirça aniq emas. Amerikada vaksina yetarli bölgani uçun Özbekiston bilan bölişyapmiz, öylaymanki boşqa mamlakatlar ham bunga öz hissasini qöşadi», dedi janob elçi.

Avvalroq, Özbekistonga 1,2 mln dozada Pfizer vaksinasi olib kelinişi haqida xabar berilgan edi.