Sibixa bu haqda 9-avgust kuni X ijtimoiy tarmoğida yozdi. Gap YuNISeFning 4-avgust kuni e’lon qilingan, “Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadagi hujumlarda halok bölgan va jarohatlangan bolalar” haqidagi bayonoti ustida bormoqda.
Ukraina rasmiysining fikriça, YuNISeF öz bayonotida “tajovuzkor va jabrlanuvçi örtasida soxta tenglik” yaratgan. Sibixa bolalarning halok bölişi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi oqibati ekani bayonotda körsatilmaganini tanqid qildi.
Krasnodar ölkasidagi hodisa
YuNISeF öz bayonotida Rossiyaning Krasnodar ölkasidagi Gelenjik kurort şahri tarkibiga kiruvçi Arxipo-Osipovka qişloğida plyajda uç nafar bola halok bölganini ham tilga olgan.
Sibixa esa, mavjud ma’lumotlarga köra, bu qurbonlarga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan dronning urib tuşirilişi sabab bölgan bölişi mumkinligini aytgan.
“Agenstvo. Novosti” Telegram-kanali ikki nafar harbiy ekspertga tayanib, uçuvçisiz qurilmaning harakat trayektoriyasi uning plyajda dam olayotgan odamlar ustiga Rossiya havo mudofaasi harakatlari oqibatida tuşgan bölişi mumkinligini körsatişini yozgan.
OSINT-tahlilçi Kirill Mixaylovning taxminiga köra, hodisa mobil öt oçiş guruhi faoliyati bilan boğliq bölişi mumkin. Ayni paytda uşbu versiyalar mustaqil ravişda tasdiqlangani haqida ma’lumot keltirilmagan.
Dnipropetrovsk viloyatida bolalar halok bölgan
Sibixa YuNISeFning Dnipropetrovsk viloyatida bir oiladan halok bölgan bolalar soniga oid ma’lumoti ham notöğri ekanini bildirdi.
Uning sözlariga köra, hujum natijasida bir oiladan uç emas, yetti nafar bola halok bölgan.
Ukrainaning NV naşri Dnipropetrovsk viloyati Kriviy Rix tumanidagi Raduşnoye posyolkasida 6 yoşli Emiliya, 11 yoşli Azariy va 17 yoşli Mark Voronovlar halok bölgani haqida yozgan.
Naşr ma’lumotlariga köra, hujum paytida uyda uşbu oilaning yana bir neçta farzandi - 15 yoşli Dominika, 14 yoşli Viorika, 12 yoşli Zaxariy va 10 yoşli Veronika ham bölgan. Şuningdek, oilaning bir yarim yoşli nabirasi Artyom ham uyda bölgani aytilmoqda. Ularning barçasi vayronalar ostida halok bölgan bölişi mumkinligi xabar qilingan.









