Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasi matbuot xizmatining «Kloop» jurnalistiga bergan intervyusida xabar qilişiça, 2005 yilgi inqilob natijasida mamlakatni tark etgan Asqar Akayev 2 avgust kuni Bişkekka olib kelingan.

Mahkama ma'lumotlariga köra, u hozirda Milliy xavfsizlik davlat qömitasi binosida bölib turibdi.
«Uning iştirokida «Qumtor» koni böyiça jinoyat işi doirasida zarur tergov harakatlari olib borilmoqda», deya xabar qilgan mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasi.
Akayev va bir qator yuqori martabali amaldorlar «Qumtor» loyihasi böyiça korrupsiya işi doirasida qidiruvga berilgandi.
«Akayev, boşqa sobiq yuqori martabali amaldorlar qatorida, 1992 yilda «Qumtor» loyihasi böyiça Boş kelişuvni tuzişda, 1994 yilda unga özgartirişlar kiritişda, şuningdek, 2003 yilda «Kameko» kompaniyasi bilan Boş kelişuvni qayta tuzişda korrupsiya holatlari uçun javobgarlikka tortilgan», deya xabar qildi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi.
Qömitadan ta'kidlanişiça, tergov Asqar Akayev prezidentligi davrida «Qumtor» loyihasini amalga oşirişda korrupsiyaga aloqador barça aybdor şaxslarga huquqiy baho bergan.
«Şu bilan birga, Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tergov davomida Akayevni respublika hududiga olib keliş orqali jinoiy javobgarlikka tortiş böyiça tarixiy adolatni tiklaşga qaratilgan iş olib bordi», deyiladi mahkama xabarida.











