“Özbekiston temir yöllari” Qarşi şahridagi temiryöl pereyezdlaridan birida avtotransport harakati töxtab qolganligi yuzasidan izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahriga kiriş postlaridan birida poyezd töxtab qolgani sababli avtomaşinalar şaharga kira olmayotganligi haqida videotasvir tarqaldi.
Qayd etilişiça, 2021 yil 1 avgust kuni “Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeli” korxonasi tarkibidagi Qarşi stansiyasi saralaş parkidan jönatiş parkiga 4130-km.dagi qöriqlanadigan pereyezd orqali Qozoğistonning Aris stansiyasi yönalişiga poyezd tortiş jarayonida 4130-km.dagi qöriqlanadigan pereyezdda avtomaşinalar qatnovi töxtab qolgan.
“Özbekiston temir yöllari” axborot-tahliliy media markazi ma'lumotiga köra, avtomobil transporti harakati qisqa vaqt içida tiklangan.











