Xitoy Milliy temiryöllar boşqarmasi eʼlon qilgan hujjat 2026–2030-yillarni qamrab oladi. Global Times xabariga köra, reja infratuzilma qurilişi, yangi texnik vositalar, raqamlaştiriş, xavfsizlik va çiqindilarni kamaytiriş yönalişlarini birlaştiradi.
Beş yil içida sohada qariyb 30 ta yangi ilmiy-texnologik innovatsiya markazini taşkil etiş, kamida 100 ta muhim texnologiya böyiça ilgarilaşga erişiş va 500 tadan kam bölmagan ahamiyatli ilmiy-texnik natija oliş maqsad qilingan.
Şuningdek, texnologiyalarni amalda qöllaşga doir kamida 20 ta namunaviy yeçim yoki namoyiş loyihasi işlab çiqiladi. Ular orasida 400 km/soat tezlikka möljallangan yuqori tezlikdagi poyezdlardan foydalaniş tizimi ham bor.
Magnit yostiqçada harakatlanuvçi, 600 km/soat tezlikka möljallangan poyezdlar böyiça esa tadqiqotlar bosqiçma-bosqiç olib boriladi. Tegişli tizimlarni Xitoyda işlab çiqariş uçun zarur asosiy texnologiyalar sinovdan ötkazilişi rejalaştirilgan.
Yölovçilar uçun rasmiy 12306 çipta platformasi ham özgaradi. Uni asosan çipta sotib olişga xizmat qiluvçi saytdan butun safar davomida yölovçiga hamroh böladigan intellektual tizimga aylantiriş közda tutilgan. Platforma turli transport vositalarini birlaştirgan safar variantlarini taklif qilişi va şaxsiy ehtiyojlarni yaxşiroq hisobga olişi kerak.
Temiryöl sohasi uçun katta til modellari, maʼlumotlar töplamlari va hisoblaş infratuzilmasi ham rivojlantiriladi. Kamida 20 ta yuqori sifatli sohaviy maʼlumotlar töplamini yaratiş hamda sunʼiy intellektni qöllaşning 20 tadan ortiq namunaviy ssenariysini joriy etiş rejalaştirilgan.
Ekologik yönalişda kam yonilği sarflaydigan dizel lokomotivlari, şuningdek, akkumulyator va vodorod kabi energiya manbalarini birlaştirgan harakat tarkibini namoyiş tartibida işlatiş közda tutilgan. Maqsad - temiryöl transportidan çiqadigan karbonat angidrid hajmini 2030-yilgaça eng yuqori nuqtaga yetkazib, keyingi pasayiş uçun şaroit yaratiş.












